Siyosat

dayjest

O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yagona tartibi joriy etiladi (hozir poytaxtda alohida tartib)

Deputatlar poytaxt va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi qonunni bekor qilishni muhokama qila boshladi. Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yagona tartibini va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning xabardor qilish tizimini joriy etish taklif etilmoqda.


dayjest

Prezident — tadbirkorlar bilan muloqot nega Nukusda o‘tkazilayotgani haqida

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda biznes qilishning boshqa hududlarga nisbatan 3 ta ustunligi bor: imtiyozlar paketi ko‘pligi, yer ajratishning sodda tizimi, katta bozorlarga chiqish uchun qulaylik. U shuning uchun 2024-yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot mazkur hududda o‘tkazilayotganini aytdi.


dayjest

2025-yildan jamoatchilik munosabatlarini tartibga soluvchi yangi normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligi baholanadi

O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartiblari joriy etiladi. Xususan, iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan loyihalar kengaytirilgan tartibda baholanadi.


Iqtisodiyot

dayjest

“Ertangi kunimiz — teng raqobat muhiti”. Prezident — JSTga a’zo bo‘lish zarurati haqida

O‘zbekistonning JSTga kirishi — chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov, qolaversa, islohotlarning ajralmas bir qismi, dedi prezident. “Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir ma’noda kerak edi. Yana shu yo‘lda davom etsak, imkoniyatlarimiz cheklanib qoladi”, — dedi u ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.


dayjest

Prezident tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid yangi choralarni e’lon qildi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident Nukusda tadbirkorlar bilan uchrashuvda biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini ma’lum qildi. Mikrokredit limitini 300 mln so‘mgacha oshirish, mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha resurslar ajratish, faktoring xizmatlari va islomiy moliya bozorini rivojlantirish shular jumlasidan.


dayjest

Tadbirkorlarga limitdan oshgan elektr va gaz uchun qo‘llanadigan yuqori tariflar o‘zgartiriladi

Tadbirkorlarga eletr energiyasi va gazdagi limitdan ortiqcha foydalanishdagi yuqori tariflarlar summasi pasaytiriladi. Prezidentning aytishicha, endi tadbirkorlar limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi, oshgan qismiga to‘lov esa 20 foiz qimmatlashadi.


dayjest

Strategik islohotlar agentligi Chimboydagi “Gulparshin” sanatoriysini qayta ishga tushirishni taklif qildi

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida 2004-yil yopilgan “Gulparshin” sanatoriysini qayta ishga tushirish taklif etildi. Buning natijasida har bir davolangan bemordan o‘rtacha 600−700 ming so‘m tushum ta’minlanadi. 50 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, budjetga 1,3 mlrd so‘mlik qo‘shimcha tushum manbasi yaratiladi.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta loyihalar uchun yerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi

Prezident Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish tartibini ma’qulladi. Hozirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerlar Nukus shahrida 1 mln dollar, qolgan tumanlarda 300 ming dollar investitsiya kiritish sharti bilan berilmoqda.


dayjest

Prezident — tadbirkorlikdagi yutuqlar va investorlarning O‘zbekistonda biznes qilishga ishonchi ortib borayotgani haqida

O‘zbekistonda 3 yildan ortiq ishlayotgan korxonalar ulushi 76 foizni tashkil etib, ilk marta 300 mingtaga yetdi. Xususiy sektorda 5 mln so‘mdan ortiq maosh oladigan ishchilar soni 1 milliondan oshdi, dedi prezident. Qolaversa, u O‘zbekistonda investorlarning biznes qilishga ishonchi ortib borayotganiga ishora qildi.


dayjest

Davlat banklari yirik davlat korxonalariga kredit berishni bosqichma-bosqich to‘xtatadi — prezident

Prezident davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik davlat korxonalariga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechishni ma’lum qildi. Hozirda davlat banklari tomonidan berilgan kreditlarning 92 trln so‘mi yoki 30 foizi 10 ta yirik davlat korxonalariga to‘g‘ri kelmoqda.


dayjest

Loyihalashtirishdan to obyektni topshirishgacha bo‘lgan muddatlar buzilsa, ajratilgan yer biznesdan olib qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda tadbirkorlarga auksionda yer sotib olishda QQS hisoblash bekor qilinadi, ushbu xarid summasini bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi, darhol to‘lansa, chegirma taqdim etiladi. Bunda biznes tomonidan obyektni loyihalashtirish va topshirish muddatlari buzilsa, davlat ajratilgan yerni olib qo‘yishi mumkin.


dayjest

Sud “Ozodlik"ka 100 mln so‘m to‘lash va “gaz chayqovchisi” haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi

Toshkentdagi sud “Ozodlik” radiosini gaz savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited kompaniyasi va uning asoschisi haqidagi tekshiruv yuzasidan rad etish bayonoti e’lon qilishga hamda ma’naviy zarar uchun 100 million so‘m miqdorida tovon to‘lashga majbur etdi. “Gazeta.uz” sud majlislarida ishtirok etdi.


dayjest

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi keshbek shaklida qaytariladi

1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi keshbek sifatida qaytariladi. Oylik aylanmasini naqd pulsiz amalga oshirganlarga esa QQSning 40 foizi to‘langan zahoti qaytariladi. QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarning foyda solig‘i 2 karraga kamayadi.


dayjest

Yer sotuvidan tushgan mablag‘lar mulki buzilgan tadbirkorlar kompensatsiyasiga yo‘naltiriladi

Prezident yer sotishdan tushgan mablag‘larni buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga yo‘naltirish, kredit operatsiyalarida bank va biznes huquqlarini tenglashtirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoni yumshatish, bozorga kirishdagi bir qator eksklyuziv huquqlarni bekor qilishni taklif qildi.


dayjest

O‘zbekistonga Hindiston tovarlarini Eronning Bandar-Abbos porti orqali tashish yo‘lga qo‘yildi

Hindiston portlaridagi konteynerlarni O‘zbekistonga tashishda yangi multimodal yo‘nalish ochildi. Sinov tashuvlari muvaffaqiyatli bo‘ldi: tovarlar Hindistondan avval Eronning Bandar-Abbos portiga, u yerdan esa Turkmaniston orqali Sergeli stansiyasiga yetkazildi. Buning uchun 20 kun kerak bo‘ldi.


Jamiyat

dayjest

24−25-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 24−25-avgust (shanba va yakshanba) kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. “Gazeta.uz” hashar o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni eslatib o‘tadi.


dayjest

Xorazmda noqonuniy boqilayotgan sher bolasi hayvonot bog‘iga topshirildi

Urganch shahrida fuqaro yosh sher bolasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan jarima jazosi tayinlandi, yovvoyi jonzot esa vaqtincha Nukus hayvonot bog‘iga topshirildi.


dayjest

Namangan viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Namangan viloyati Uychi tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 219 km uzoqda joylashgan.


dayjest

AQShdan O‘zbekistonga soya shroti ilk bor tijoriy maqsadda olib kelindi

O‘zbekistonga AQShdan birinchi marta soya shroti tijoriy maqsadda import qilindi: 150 tonna soya shrotining ilk partiyasi mamlakatga yetib keldi. Mahsulot go‘sht va sut mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun muhim ozuqa hisoblanadi. Mamlakatga soya shroti shu vaqtgacha Argentinadan kirib kelardi.


dayjest

BMT Qoraqalpog‘istonda suv, kanalizatsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirdi

BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan.


dayjest

Namanganda noqonuniy dori sotgan tez tibbiy yordam feldsheri va uning sheriklari qamaldi

Namangan viloyatida tez tibbiy yordam feldsheri uyida yashirin sex ochib, “Zodak”, “Anaferon” va “Vitamin V6” dorilarini sotish uchun tayyorlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. DXX feldsherni kerakli buyumlar bilan ta’minlagan boshqa shaxsni ham qo‘lga oldi. Ular 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


dayjest

Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilari pora bilan ushlandi

O‘rta Chirchiq va G‘allaorol tumanlaridagi mahallalarda hokim yordamchisi bo‘lib ishlovchi ikki nafar shaxs pora bilan ushlandi. Biri ijaraga yer olib berish uchun fuqarodan 15 ming dollar so‘ragan, boshqasi — shifoxonaga ishga kiritib qo‘yish uchun 1200 dollar. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


dayjest

Aeroportlarda maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda — Uzbekistan Airports

O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maymunchechak kirib kelishini oldini olish choralari kuchaytirildi: xodimlarga kasallik alomatlari tushuntirildi, harorati yuqori yo‘lovchilarni aniqlash uskunalari o‘rnatildi. Kasallik tarqalayotgan Afrika davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q, dedi Uzbekistan Airports.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!