20-avgust kuni soat 16:01 da O‘zbekistonda epitsentri Namangan viloyatiga to‘g‘ri kelgan yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila markazi — Uychi tumani. Koordinatalar: 40,96 gradus shimoliy kenglik; 71,8 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 3. Chuqurlik — 9 km. Epitsentr Toshkentdan 65 km shimoli-sharqda.

10 kuncha avval Toshkent viloyati Parkent tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etilgandi.