Samarqand viloyati Nurobod tumanida fuqarolarni Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini.

Qayd etilishicha, fuqaro E.X. go‘yoki Angliyadagi firmada ishlovchi tanishlari yordamida 5 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborishini va’da qilgan. Ularning jami 10 400 dollarini qo‘lga kiritgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq fuqarolarni 18 ming dollar evaziga Angliyaga, 3 ming evaziga Kanadaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlangandi. Qoraqalpog‘istonda esa 1,5 ming dollarga Serbiya yoki Bolgariyaga viza olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushgan.