Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) mutaxassislari prezidentning 20-avgust kuni Nukusda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan muloqoti chog‘idagi nutqini lingvistik tahlil qildi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga markaz axborot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari o‘z nutqida jami 4912 so‘zdan foydalangan. Eng ko‘p tilga olingan so‘zlar “tadbirkor”, “korxona”, “xizmat”, “eksport”, “bozor”, “yer”, “bank”, “mahsulot”, “biznes”, “loyiha”, “hudud” va “tizim” bo‘ldi.

tadbirkorlar bilan muloqot, lingvistik tahlil, iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Xususan, “tadbirkor” so‘zi 103 marta, “korxona” 47 marta, “yer” 41 marta, “xizmat” 28 marta, “eksport” 26 marta, “bozor” 25 marta, “bank” 23 marta, “mahsulot” va “biznes” 20 marta, “loyiha” 19 marta, “hudud” va unga tegishli so‘zlar 18 marta tilga olingan.

Bir qator asosiy iboralarga alohida e’tibor qaratildi. Ikki so‘zdan tashkil topgan iboralardan “ishlab chiqarish” iboraci 8 marta, “qishloq xo‘jaligi” iboraci esa 7 marta tilgan olingan. “Tashqi bozor” va “mikromoliya tashkilotlari” iboralari 6 marta, “ochiq muloqot”, “yirik korxonalar” va “xususiy sektor” iboralari 5 marta aytilgan.

tadbirkorlar bilan muloqot, lingvistik tahlil, iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Uch so‘zdan iborat iboralardan “aholi va tadbirkor” iborasi 3 marta, “savdo-sanoat palatasi”, “qishloq xo‘jaligi yerlari”, “sun’iy intellekt orqali” va “shaffof qurilish tizimi” iboralari 2 marta tilga olingan.

Tadbirkorlar bilan bo‘lgan oxirgi 3 ta ochiq muloqotning lingvistik tahlili “korxona”, “xizmat”, “eksport”, “bozor” va “mablag‘” kabi asosiy atamalardan foydalanishda sezilarli o‘sish tendensiyasini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, bu o‘sish “xizmat ko‘rsatish” sohasida alohida ajralib turadi, bu so‘zning tilga olinish soni 2023-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan, “bozor” so‘zidan foydalanish 2,3 barobar va “eksport” so‘zi 1,7 barobarga oshdi.

Raqobatni oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda, bu esa tarkibning 25% dan ortig‘ini tashkil etadi. Biznes to‘siqlarini yanada qisqartirish nutqning 17% ini, erishilgan natijalar 16% va yana 14% kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan.

Infratuzilma, yer va energiya bilan bog‘liq so‘zlardan foydalanish nutqning taxminan 14% ini tashkil etdi, bu esa iqtisodiyotni rivojlantirishga kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu so‘zlar barqaror rivojlanish va uzoq muddatli rejalashtirish bilan bog‘liqlikni yaratadi. 14% bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohasining ahamiyati ushbu sohaning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlaydi, deyiladi markaz hisobotida.

tadbirkorlar bilan muloqot, lingvistik tahlil, iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Biznesni resurslar bilan ta’minlashda kalit so‘zlar “yer”, “elektr”, “qurilish”, “sanoat”, “qishloq” va “investitsiya” hisoblanadi. Ushbu so‘zlar barqaror rivojlanish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash kontekstida muhim o‘rin tutadi, bu ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi.

Raqobatbatni oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishida “davlat”, “eksport”, “savdo”, “xususiy” va “mahsulot” so‘zlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu atamalar tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan strategik maqsadlarni ta’kidlaydi.

tadbirkorlar bilan muloqot, lingvistik tahlil, iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida “mikromoliya”, “faktoring”, “davlat”, “kredit” va “xizmatlar” so‘zlari tez-tez tilga olingan. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning muhimligi “QQS”, “davlat”, “qurilish”, “qishloq”, “tizim” va “xususiy”so‘zlaridan foydalanish bilan ham tasdiqlanadi.