Sud faxriysi Mashkura Safayeva uzoq davom etgan xastalik oqibatida 74 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati.

Mashkura Safayeva qariyib chorak asr uzluksiz sudya lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Bu davrda Olmazor tumani va Toshkent shahri sudida sudya, so‘ngra 14 yil Oliy sud sudyasi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishladi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker o‘rinbosari, bir muddat Prezident huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasi raisi lavozimlarida mehnat qilgan.

U Prezident faxriy yorlig‘i, “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni, “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.