22-avgust kuni Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi Mehribon Aliyeva hamrohligida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Bosh vazir matbuot xizmatining xabar qilishicha, oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Ilhom Aliyev tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi, deyiladi xabarda.

илҳом алиев, озарбайжон

Eslatib o‘tamiz, tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezidentlar ikki mamlakat biznesi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.