Toshkent xalqaro aeroporti pnevmatik qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik aniqlandi, deya xabar qildi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 21-avgust kuni soat 21:05 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Sankt-Peterburg — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli yo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona pnevmatik qurol va 1 dona pnevmatik quroldan otish uchun mo‘ljallangan 290 dona shariklar (zoldor) borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.