21-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Hujjatga ko‘ra, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • katta leytenant — 3 yil (hozirgacha 2 yil)
  • kapitan — 4 yil (3 yil);
  • mayor — 5 yil (4 yil);
  • podpolkovnik — 6 yil (5 yil).

Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari o‘zgardi:

  • bojxona xizmati katta leytenanti — 3 yil (hozirgacha 2 yil);
  • bojxona xizmati kapitani — 4 yil (3 yil);
  • bojxona xizmati mayori — 5 yil (4 yil);
  • bojxona xizmati podpolkovnigi — 6 yil (5 yil).

Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • katta leytenant harbiy unvonida — 3 yil (hozirgacha 2 yil);
  • kapitan harbiy unvonida — 4 yil (3 yil);
  • mayor harbiy unvonida — 5 yil (4 yil);
  • podpolkovnik harbiy unvonida — 6 yil (5 yil).

Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

  • katta leytenant — 3 yil (hozirgacha 2 yil);
  • kapitan — 4 yil (3 yil);
  • mayor — 5 yil (4 yil);
  • podpolkovnik — 6 yil (5 yil).