Afsonaviy “Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining Farrux Zokirovga “Ozarbayjon Respublikasi xalq artisti” va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonlarni berish to‘g‘risidagi tegishli farmonlari qabul qilingan.

фаррух закиров, xalq artisti, ялла гуруҳи

22-avgust kuni poytaxtdagi Forumlar saroyida ikki mamlakat san’atkorlariga yuksak davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov farmonlarni o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimli tomonidan faxriy unvonlar tantanali topshirildi.

Marosimda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori madaniyat va san’at sohasida ham mustahkamlanayotgani, do‘stlik va hamkorlik aloqalari rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi ta’kidlangan.

“Bu unvonga loyiq ko‘rilishim katta sharaf hamda mas’uliyat ham yuklaydi. Mazkur e’tirofni nafaqat menga, balki xalqimizga nisbatan hurmat, deb bilaman”, — dedi Farrux Zokirov.

фаррух закиров, xalq artisti, ялла гуруҳи

фаррух закиров, xalq artisti, ялла гуруҳи

фаррух закиров, xalq artisti, ялла гуруҳи

Ma’lumot uchun, Farrux Zokirov shu paytga qadar O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Tatariston, Ingushetiya, Boshqirdiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, 2017-yilda Qirg‘izistonning “Do‘stlik”, 2018-yil O‘zbekistonning “Fidokorona xizmatlari uchun” va 2023-yil “El-yurt hurmati” ordenlariga munosib ko‘rilgan.