Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida joylashgan “Qoraqalpoq o‘tovi” Ginnesning rekordlar kitobiga eng katta diametrli o‘tov sifatida kiritildi (40,5 metr). Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ma’lum qildi.

22-avgust kuni Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyev, prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov va boshqalar ishtirok etdi. Balandligi 22 metr bo‘lgan inshoot Orol Agro kompaniyasi tomonidan barpo etilgan.

гиннес rekordlarи, қорақалпоғистон, Qoraqalpoq o‘tovi

20-avgust kuni Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan yillik muloqoti ana shu o‘tovda bo‘lib o‘tdi. Bu yerda turli madaniy tadbirlar, forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuvdan so‘ng davlat rahbari 50 gektar maydonni egallagan mazkur majmuada tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini borib ko‘rdi. Majmuada qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, boshqird kabi turkiy xalqlarning hamda Qoraqalpog‘iston tumanlarining o‘tovlari tashkil etilgan.

гиннес rekordlarи, қорақалпоғистон, Qoraqalpoq o‘tovi