Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Hududning katta qismida havo harorati +34…+37 atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi, harorat +30…+33 daraja atrofida, janubda +35…+37 darajagacha bo‘ladi.

Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida 23−24-avgust kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Asosan sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, tog‘li hududlarda 13−18 m/s gacha kuchayadi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi, shanba kuni kechga tomon 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari +19…+22 daraja, ertaga kunduzi +33…+36 daraja, yakshanba kuni +31…+36 daraja bo‘ladi.