24-sentabrdan Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

Poyezd Toshkentdan soat 19:55 da jo‘naydi, oraliq masofa 77 soatni tashkil qiladi va Moskvaga soat 23:12 da yetib boradi.

Harakat jadvali quyidagicha:

  • 505-sonli Toshkent — Moskva yo‘nalishi: 24-sentabr, 2-oktabr, 10-oktabr, 26-oktabr, 2-noyabr, 18-noyabr, 26-noyabr, 4-dekabr, 12-dekabr;
  • 506-sonli Moskva — Toshkent yo‘nalishi: 28-sentabr, 6-oktabr, 14-oktabr, 30-oktabr, 6-noyabr, 22-noyabr, 30-noyabr, 8-dekabr.

Mazkur yo‘nalishga yo‘lovchilar chiptalarni chegirma asosida xarid qilishlari mumkin. Ya’ni reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin chipta xarid qilinsa, chegirma foizi shuncha yuqoriroq bo‘ladi. Chegirma foizi va narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishish mumkin:

москvaга poyezd, poyezd қатнови, тошкент-москva

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin. Chiptalar chiptaxonalari, elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali xarid qilinadi.