Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘oliblarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida qaror imzoladi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, mukofotlar “olimpiya harakatini yangi bosqichga ko‘tarish, xalq o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib kelayotgani” uchun berilmoqda.

“El-yurt hurmati” ordeni

  • Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Rashitov Ulug‘bek Ismatullayevich — Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni

  • Jamalov Razambek Salambekovich — Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni

  • Abdullayev Gulomjon Ozodovich — Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Djurayev Akbar Xusnidilla o‘g‘li — Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Osipova Svetlana Valerevna — Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Yusupov Alisher Xalimboyevich — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni

  • Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
  • Kiyamova Nellya Esxatovna — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
  • To‘ychiyev Alisher Kurbanovich — Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni

  • Polatov Saken Djetibayevich — O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Tashmatov Sherzod Rixsibayevich — O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi.

“Do‘stlik” ordeni

  • Qilichev To‘lkin Maxmurovich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
  • Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich — Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi;
  • Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Xan Pavel Afanasevich — Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

  • G‘afurov Davron Dilmuradovich — Zangiota tumani sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati;
  • Qilichev Farruh Komilovich — Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati;
  • Mansurov Dilshod Ismatovich — Toshkent tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati;
  • Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich — Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
  • Xudayberganov Jamshid Ismailovich — Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati.

Ma’lumot uchun, “El-yurt xurmati” ordeni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorning ellik baravari (17 mln so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlanganlar bazaviy hisoblash miqdorning qirq besh baravari (15 mln 300 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti oladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorning q yigirma besh baravari (8,5 mln so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.