Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, vazirning tegishli buyrug‘iga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili:

  • oliy ta’lim muassasalarida — 9-sentabr;
  • akademik litseylarda — 4-sentabr;
  • kasb-hunar maktablarida — 4-sentabr;
  • kollej va texnikumlarning 2 va undan yuqori kurslari uchun — 4-sentabr kunidan boshlanadi.

Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025 o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.