23-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasidagi birinchi majlis yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Xusussan, ikki tomon Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi qarorini qabul qildi.

Davlat tashrifi davomida jami 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:

  • Mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
  • Maktabgacha ta’lim, kasb-hunar ta’limi, o‘rta maxsus, oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnomalar;
  • 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi harakatlar rejasi;
  • O‘zbekiston Adliya vazirligi va Ozarbayjon prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi o‘rtasida 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Ozarbayjon Adliya vazirligi Adliya akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sud ekspertizasi markazlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.

Tashrif doirasida Toshkent va Boku, Shahrisabz va Baylagan, Jizzax va Guba shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar va boshqa ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

илҳом aлиев, ўзбекистон-озарбайжон, шавкат мирзиёев, hujjat

Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni imzolash marosimidan avval ikki tomon rahbari Ko‘ksaroy qarorgohida tor doiradagi uchrashuv o‘tkazdi. Undan so‘ng Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.