23-avgust kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida Janubiy Koreyaning BC Card to‘lov tizimi bosh direktori Choi Von Seok va “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (MBPM) boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Maqsad Muhiddinov ishtirokida ikki to‘lov tizimini o‘zaro integratsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. MBPM O‘zbekistondagi HUMO to‘lov tizimi operatori hisoblanadi.


“Kompaniyalarimiz o‘rtasida bunday hamkorlikni yo‘lga qo‘yish naqdsiz to‘lovlar yo‘nalishida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi, shuningdek, HUMO kartasi egalari va BC Card egalariga o‘z mahalliy kartalaridan ikkala mamlakatda foydalanish imkonini beradi”, — deb ta’kidladi Maqsad Muhiddinov.

bc card, humo, реклама

Uning so‘zlariga ko‘ra, tizimlar o‘rtasidagi integratsiya tufayli KoreyadagiO‘zbekiston fuqorolari uchun to‘lovlar va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda qulay sharoitlar yaratiladi.


2022-yilning yozidan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Gruziyada HUMO kartalaridan cheklovlarsiz foydalanish: savdo nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish, TBC Bank bankomatlari orqali naqd pul olish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

Reklama huquqlari asosida.