Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, “Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirish, o‘zining yorqin iste’dodi, ko‘p qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun” quyidagilarga faxriy unvonlar berildi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

  • Qo‘ziyev Toir Asqarovich — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi, sozanda;
  • Nadirova Aygul Bazarbayevna — Nukus davlat pedagogika institutining musiqiy ta’lim kafedrasi dotsenti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Nazarxanova Sevara Anvarjanovna — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
  • Umarov Valixan Mirvasilevich — O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rejissyori;
  • Urinbayev Kamoliddin Turdimuratovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari;
  • Amonqulova Nigina Haydarovna — Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining “Daryo” ansambli xonandasi.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni bilan

  • Matchanov Ochilbek Yo‘ldashboyevich — Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi, Xorazm viloyati.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan

  • Ziyaxanov Xurshid Djavidovich — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, grafik rassom.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan

  • Xolboyev Xamza Davlayevich — Uzun tumani “Yangi yulduz” madaniyat markazi qoshidagi “Rayhon” ashula va raqs xalq ansambli baxshisi, Surxondaryo viloyati.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan

  • Djalalov Xodjikurban — Respublika “Usto” uyushmasining “Golden Ganch Mansurjon” korxonasi ganchkor ustasi, Samarqand viloyati.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan

  • Artikova Dilnoza Ilxombayevna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi;
  • Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining milliy simfonik orkestri bosh dirijyori;
  • Saidzoda Ozoda Parpiyevna — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

  • Lutpullayev Xayrulla — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi professori;
  • Mavloniy Mashxura Igamovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti sanoat mikrobiologiyasi laboratoriyasi mudiri, akademik;
  • Mirzamaxmudov Ismaildjan — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Farg‘ona viloyati;
  • Sultanov Begdulla Jumashevich — faxriy pedagog, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan

  • Ikramov Adxam Ilxamovich — O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri.

Shuningdek, “xalqimizning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, yurtimiz taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi uchun” quyidagilar mukofotlandi:

“Imom Buxoriy” ordeni bilan

  • Naimov Alisher Abdurashidovich — Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi;
  • Usmanov Raxmatillo Axmatovich — Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili;
  • Elov Jobir Rustamovich — Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Abdualimov Aloxon — Davlatobod tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati;
  • Kamilov Azizjon Yakubjanovich — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
  • Saparova Raixan Xalmuratovna — Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri faxriy artisti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Tuxliyev Bokijon — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Abduvaxabov Mirzabaxrom — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, kulol, Andijon viloyati;
  • Aripov Taxir Fatixovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik;
  • Arslanov Negmat — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Toshkent viloyati;
  • Ashirbayev Samixan — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri;
  • Bayzakov Baxtiyor Bayzakovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri;
  • Boltayev Baxodir — Buxoro viloyati musiqali drama teatri aktyori;
  • Bomuradov Bobir Hodiyevich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir;
  • Gulamova Marg‘uba Maxamadrasulovna — Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
  • Davronov Sherzod Ravshanovich — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi “Farhod” madaniyat saroyi direktorining o‘rinbosari, xonanda, Navoiy viloyati;
  • Yenin Valeriy Ivanovich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom;
  • Imomov Xabibulla Mannapovich — Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, milliy musiqa cholg‘ulari ustasi, Toshkent shahri;
  • Karimova Zarifa Gulyamovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy pedagogika kafedrasi dotsenti;
  • Kurbonov Saparboy Baratovich — Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, egarchi, Jizzax viloyati;
  • Mambetsheripova Nazira Abdiganiyevna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24″ telekanali fan, ta’lim va madaniyat bo‘limi mudiri;
  • Matrizayev Kurambay — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Xorazm viloyati;
  • Nazaryan Arsen Ashotovich — Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining estrada cholg‘u ijrochiligi kafedrasi katta o‘qituvchisi;
  • Orziyev Odil Xudjamovich — Yunus Rajabiy nomidagi „Maqom“ ansambli sozandasi;
  • Raximov Toxir Normatovich — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti;
  • Rejametov Zuxritdin Tuganbayevich — O‘zbekiston davlat satira teatri aktyori;
  • Saydaminova Dilaram Axmatovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kompozitorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi faxriy professori, kompozitor;
  • Saliyev Xabibulo Ismailovich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot;
  • Satbayev Orazbay Jumabayevich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Tillaboyev Shohid Gapparjonovich — O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi;
  • Tovstenko Liliya Anatolevna — Buxoro shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
  • Tojiyev Rasuljon Jumabayevich — Farg‘ona politexnika institutining texnologik mashina va jihozlar kafedrasi mudiri;
  • Sharipov Kongratbay Avezimbetovich — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
  • Shaxobiddinov Ayub Shopatxiddinovich — „Milliy telekanal“ mas’uliyati cheklangan jamiyatining kino va seriallar direksiyasi bo‘lim boshlig‘i, kinorejissyor;
  • Shodmonov Nafas Namozovich — Qarshi davlat universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati.

II darajali „Sog‘lom avlod uchun“ ordeni bilan

  • Abuzalova Mehriniso Kadirovna — Buxoro davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori;
  • Alibekova Alina Yaxyayevna — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining estrada ijrochiligi bo‘limi o‘qituvchisi;
  • Vafayeva Xadicha — faxriy pedagog, Samarqand viloyati;
  • Kuziyeva Zulfiya Tashtanovna — Sayxunobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
  • Maxkamova Donaxon Toshtemirovna — Furqat tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati;
  • Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna — „Ma’rifat“ targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;
  • Tashmatov Urazali Gafurovich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi kafedrasi professori;
  • Tojiyev Yuldosh — Bog‘ot tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabining qo‘shnay cholg‘u sinfi o‘qituvchisi, Xorazm viloyati;
  • Turdibayeva Ra’noxon Azimjanovna — Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

II darajali „Salomatlik“ ordeni bilan

  • Begaliyev Ural Ergashevich — Jizzax shahridagi „Doktor Akmal“ xususiy tibbiyot klinikasi urolog-andrologi, Jizzax viloyati;
  • Djalilov Ulugbek Amanbekovich — Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi anesteziolog-reanimatologi;
  • Kadirov Shavkat Umidovich — Akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqotlari markazi bolalar bo‘limi neyrojarrohi, Rossiya Federatsiyasi;
  • Kadirxodjayeva Nodiraxon — Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qabul bo‘limi mudiri;
  • Sadiyev Zokir Raxmatovich — Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo‘limi mudiri.

„Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan

  • Axmedov Baxodir Madjitovich — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Kurbanov Jamshid Abduburxanovich — Toshkent shahridagi Eshitish va nutqni tiklash hamda ovoz reabilitatsiyasi markazi direktori;
  • Sharifxodjayev Usman Ulfatovich — O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari;

„Sog‘lom turmush“ medali bilan

  • Kulikov Andrey Aleksandrovich — Toshkent shahridagi „ProRun“ sport markazi direktori;
  • Najmidinova Gulbaxor Raximjonovna — Jalaquduq tumanidagi „Paxtakor“ oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati;
  • Oxunova Guzal Utkurovna — Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hamshirasi;
  • Turayeva Ulugay Toshtimurovna — Respublika tez tibbiy yordam markazining Qorovulbozor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri, Buxoro viloyati.

„Shuhrat“ medali bilan

  • Abdullayev Akbar Xalilovich — Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori;
  • Astanakulova Ra’no Xursanovna — Surxondaryo viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi nevrologiya bo‘limi mudiri;
  • Atajanov Sobirjon Abidjanovich — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;
  • Axmedov Ashirali Abduxoliqovich — Toshloq tumanidagi „Xolmatobod“ oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Farg‘ona viloyati;
  • Axmedov Mansur Shayunusovich — M.Turg‘unboyeva nomidagi „Bahor“ davlat raqs ansambli sozandasi;
  • Babamuradov Baxtiyor Achilovich — Buxoro shahridagi madaniy meros obyektlarini ta’mirlash-tiklash bo‘yicha restavrator-usta, Buxoro viloyati;
  • Bozorov Xurshed Abdulloyevich — Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori, Samarqand viloyati;
  • Boyqo‘ziyev Abdunabi — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir;
  • Ganiyev Aliyorbek Avazovich — Toshkent shahridagi „Ixlos doktor MT“ klinikasi kardiologiya bo‘limi mudiri;
  • Ganiyeva Zuxra Abduvaxabovna — „O‘zbekfilm“ kinokonserni” davlat unitar korxonasining liboslar bo‘yicha rassomi;
  • Jumanova Moxichexra Zokirovna — Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi;
  • Jurakovskiy Vladislav Emilevich — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining sahnani yoritish sexi boshlig‘i;
  • Zakirov Timur Vladimirovich — Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi;
  • Isxakov Akzamjan Giyazovich — O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi;
  • Ishniyazova Xurshida Xudaybergenovna — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Xorazm viloyati bo‘limi xonandasi;
  • Kambarov A’zam Maxamadali o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi;
  • Karimov Axtamkul Sattorovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir;
  • Karimov Xakimdjan — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos;
  • Kasimova Uguloy Xamidovna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining dutorchilar ansambli sozandasi;
  • Kurbanov Raxmadjon Abidjonovich — O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori;
  • Mamasharipov Xusanboy Abdunabi o‘g‘li — “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi aktyori;
  • Mannopov Azizbek Abduvali o‘g‘li — Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining o‘rinbosari;
  • Marupov Ilhom Islomovich — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi;
  • Melikuziyev Djaxangir Valijanovich — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
  • Mirminov Rustamjon Abdumutal o‘g‘li — Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi;
  • Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li — YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bosh kotibining o‘rinbosari;
  • Niyozov Turab Mamadiyorovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir;
  • Normatov Pulat Gaybullayevich — O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori;
  • Norov Ilxomjon Ashurovich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining doston ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, baxshi;
  • Ochilova Feruza Murtazoyevna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Navro‘z” ashula va raqs ansambli xonandasi;
  • Rajabova Ibodat Abdullayevna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Buxoro viloyati;
  • Rahimov Komiljon Rahmatovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;
  • Sayomov Bobirmirzo Abdumajit o‘g‘li — Madaniy meros agentligining muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Tadjiyev To‘lqin Berdiyarovich — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
  • Taxirov Rauf Raxmonovich — Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, koshinkor usta, Samarqand viloyati;
  • Toshev Azamat Bobokulovich — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
  • Tuychiyev Nadirjon Kazimjanovich — “Andijon” futbol klubining muxlislar klubi raisi, Andijon viloyati;
  • Turdiyev Vaxid Yakubovich — Andijon viloyati yoshlar teatri aktyori;
  • Tuxtayev Oybek Kamolovich — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
  • Udovenko Olga Yurevna — O‘zbekiston davlat san’at muzeyining O‘zbekiston xalq amaliy san’ati bo‘limi mudiri;
  • Usmonov Shamsiddin Yulchiboyevich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali teatr san’ati kafedrasi professori, rejissyor, Farg‘ona viloyati;
  • Fayzullayev Vafokul Barnoyevich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir;
  • Xamdamova Moxiraxon Yusubbekovna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Navbahor” ashula va raqs ansambli balet bo‘yicha murabbiysi;
  • Xamidova Xilola Djurayevna — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
  • Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi;
  • Xodjayev Asadjan Azatbekovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori;
  • Xujaniyazova Zilola Turayevna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira;
  • Xuraliyev Jumavay Jurayevich — Asaka tumani madaniyat markazi ommaviy tadbirlar rejissyori, askiyachi, Andijon viloyati;
  • Xusainov Fayrat Tursunovich — Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri drama artisti;
  • Yuldashev Muslum Islamovich — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro va audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti;
  • Yulchiyev Ilxom Israilovich — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
  • Yakubova Dilobar Abralbekovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali “Axborot” bosh muharririyati sharhlovchisi.