24-avgust kuni kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 01:33 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 39,82 gradus shimoliy kenglik; 71,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 4,7. Chuqurlik — 10 km. Epitsentr — Toshkentdan 244 km janubi-g‘arbda.

Farg‘ona viloyati hududida sezilish kuchi:

  • So‘x tumanida 2−3 ball, 37 km.
  • Farg‘ona tumanida 2 ball, 61 km.
  • Rishton tumanida 2 ball, 62 km.
  • Farg‘ona shahrida 2 ball, 71 km.
  • Quvasoy shahrida 2 ball, 72 km.
  • Oltiariq tumanida 2 ball, 72 km.
  • O‘zbekiston tumanida 2 ball, 73 km.
  • Bag‘dod tumanida 2 ball, 76 km.
  • Marg‘ilon shahrida 2 ball, 76 km.