Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni imzolandi.

Hujjat bilan bir qator o‘zbekistonliklar “mamlakat iqtisodini mustahkamlash, soha va tarmoqlarda islohotlarni amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki va boshqa ishlari” uchun mukofotlandi (ro‘yxatning to‘liq shakli bilan bu yerda tanishish mumkin).

Ular orasida vazirlar, viloyat va tumanlar hokimlari, agentliklar, qo‘mitalar va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari va boshqa amaldorlar ham bor:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan

  • Alixanov Boriy Batirovich — Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan

  • Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich — “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan

  • Raxmonov Baxtiyor Sultonovich — Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

  • Abduraxmanov Shuxratbek Kushaqbayevich — Andijon viloyati hokimi
  • Mirzayev Zoyir Toirovich — Toshkent viloyati hokimi;
  • Turdimov Erkinjon Oqbutayevich — Samarqand viloyati hokimi;
  • Umarov Nariman Madjitovich — Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi;
  • Usmanov Raxmanbek Djaxangirovich — “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshlig‘i.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
  • Isaqulov Dadajon Aynaqulovich — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi;
  • Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich — Surxondaryo viloyati hokimi;
  • Orinbayev Amanbay Tleubayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi
  • Raximov Jo‘rabek Raximovich — Xorazm viloyati hokimi;
  • Xodjayev Jamshid Abduxakimovich — bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Annaklichev Saxi Saparmuxamedovich — “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki raisi;
  • Axmedova Maryam Xalilayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
  • Kudbiyev Sherzod Davlyatovich — Soliq qo‘mitasi raisi;
  • Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi;
  • Mamatkulov Rustam Uktamovich — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki raisi;
  • Mirzamahmudov Jo‘rabek Tursunpulatovich — energetika vaziri;
  • Rayimov Ro‘ziqul Obloqulovich — energetika vazirining elektr energetikasi bo‘yicha maslahatchisi;
  • Tursunov Normat Tulkunovich — Navoiy viloyati hokimi;
  • Xolbutayev Maxmud Parsamatovich — Sharof Rashidov tumani hokimi, Jizzax viloyati;
  • Ergashev Ibroxim Kenjabayevich — O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Abdullayev Mehriddin Razzoqovich — Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari;
  • A’loyev Baxromjon Juraboyevich — tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Kurbanov Mirshod Maxmudovich — Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi;
  • Norqobilov Baxromjon Turayevich — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi;
  • Norqulov Ilhom Ibroximovich — iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Otajonov Nodir Sobirovich — “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi;
  • Saydullayev Nodirbek Narzullayevich — Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Tursunov Alibek Mamirjonovich — Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Xatamov Jamshed Muxtorovich — Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari.

“Shuhrat” medali bilan

  • Abdulayev Lutfidin Djurayevich — Yakkabog‘ tumani hokimi, Qashqadaryo viloyati;
  • Jabborov Jasur Bozorovich — “O‘zshaharqurilishinvest” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
  • Mamadiyarova Malika Tadjiyevna — Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i;
  • Musayev Shuxrat Mirsodiqovich — Uychi tumani hokimi, Namangan viloyati;
  • Nosirova Sanabarxon Abdinabiyevna — Bo‘ston tumani hokimi, Andijon viloyati;
  • Ortikov Akmalxon Juraxonovich — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori;
  • Turdaliyev Abrorxo‘ja Akbarovich — Markaziy bank raisining o‘rinbosari;
  • Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich — Uzbekistan airways aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi.

Avvalroq sport vaziri Adxam Ikramov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangandi.