O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.

Dam olish kunlari Shavkat Mirziyoyevning “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Unga ko‘ra:

  • 31-avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;
  • 2-sentabr — ko‘chirilgan dam olish kuni (bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli);
  • 3-sentabr — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

4-sentabrdan esa barcha xodimlar yana to‘liq ishga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda darslar 4-sentabrdan, oliy ta’lim muassasalarida esa 9-sentabrdan boshlanadi.