Siyosat

dayjest

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun 39 mamlakatda saylov uchastkalari tashkil etiladi

O‘zbekiston parlament saylov uchastkalari 39 mamlakatda tashkil etiladi. Ulardan eng ko‘pi Rossiyada — yettita, Qozog‘iston va Xitoyda — uchtadan bo‘ladi. 7 mamlakatda ikkitadan, 29 mamlakatda bittadan uchastka ochiladi.


dayjest

Davlat fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi

Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmon imzoladi. O‘zgarishlar, jumladan, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha loyihalarni tanlashda shaffoflikni oshirishni o‘z ichiga oladi.


dayjest

Qozog‘istonning qator davlat va jamoat arboblariga “Do‘stlik” ordeni berildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning davlat va jamoat arboblaridan 6 nafarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Ular orasida davlat maslahatchisi, prezident yordamchisi, vazir, elchi va boshqalar bor.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini borib ko‘rdi

Prezident Samarqandga tashrif buyurib, yangidan qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi. U mutasaddilarga tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Iqtisodiyot

dayjest

Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita aeroport 120 mln so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda qonunlar talablariga rioya qilmaganini aniqlagan.


dayjest

O‘zbekistonning Xitoy bilan savdo aylanmasi sekinlasha boshladi, Rossiya bilan esa tezlashdi

Yanvar-iyul oylarida savdo hajmi pasaygan bo‘lsa ham, Xitoy O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkori bo‘lib qolmoqda. Rossiya bilan savdo tezlashdi. Qozog‘iston va boshqa qo‘shni davlatlar, Turkiya, Koreya va Germaniya bilan tovar ayirboshlash kamaymoqda. Oltin savdosi pasayishi eksport hajmini kamaytirdi.


Jamiyat

dayjest

Yangi Navoiy shaharchasi va “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i qurilishi boshlandi. Tafsilotlar

Navoiy viloyatida qariyb 1100 gektar maydonda turar joy va savdo binolari, universitetlar kampusi, kutubxona, sun’iy ko‘l va boshqalarni o‘z ichiga olgan Yangi Navoiy shaharchasi qurilishi boshlandi. Shuningdek, 50 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i tashkil etiladi.


dayjest

Parkentda o‘tgan “Uzum sayli” xalqaro festivali — suratlarda

23−25-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tdi. 400 ming atrofida mahalliy va chet ellik sayyoh qatnashgani aytilayotgan tadbir qanday o‘tgani — “Gazeta.uz” fotoreportajida.


dayjest

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31-avgust-3-sentabr) dam oladi. 4-sentabrdan barcha yana ishga qaytadi.


dayjest

Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi

Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan 12 va 17 yoshli o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi. Qizlarning opasini ularga vasiy etib belgilash ishlari ketmoqda. Erkakka nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar sudga yuborildi.


dayjest

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik davrida tishlar va milk bilan bog‘liq ayrim muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Mutaxassis birinchi va oxirgi uch oylikda har qanday davolanishni kechiktirish tavsiya qilinishi, ikkinchi uch oylik esa tishlarni davolatish uchun qulay va xavfsiz davr ekanini ta’kidladi.


dayjest

Hafta o‘rtasida harorat biroz pasayadi

O‘zbekistonga hafta o‘rtasida nisbatan salqin havo kirib kelib, harorat 2−3 darajaga pasayadi: kunduzi +27…+30, janubda +35 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Jumadan harorat asta-sekin ko‘tarilishni boshlaydi.


dayjest

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalarning yana bir guruhi O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva, Novosibirsk va Qozon shaharlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.


dayjest

Bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish xodimlari mukofotlandi. Ular orasida ichki ishlar vaziri ham bor

Prezident Mustaqillik kuni arafasida harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Oliy sud raisi Baxtiyar Islamov ham bor. To‘liq ro‘yxat.


dayjest

Prezident Samarqandda “Sharq taronalari” festivali ochilishida qatnashadi

Dushanba kuni kechqurun Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurib, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.


dayjest

Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga chiqib, yo‘ldan adashib qolgan uch nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.


dayjest

Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi. Ziyoratchilar Madinada 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi. Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16,6 mln so‘m, biroq Haj-Umra markazi narxlar o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.


dayjest

Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini yuboradi

“Rospotrebnadzor” O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini yuboradi. Birinchi to‘plamlar shu haftada yetkazib beriladi.


dayjest

Prezident: “Musiqa va san’at festivallari — O‘zbekistonning tinchlik-totuvlikka da’vati”

Samarqandda besh yillik tanaffusdan so‘ng yana “Sharq taronalari” festivali boshlandi. Prezident mazkur forum o‘z mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra “Jahon taronalari” festivaliga aylanganini ta’kidladi. U bunday festivallarni “O‘zbekistonning tinchlik-totuvlikka ezgu da’vati” deb atadi.


Sport

dayjest

U-17 JCh: Erkin kurashchi Ulug‘bek Rashidov oltin medalni qo‘lga kiritdi

Iordaniyada o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston 7 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza) qo‘lga kiritdi. Erkin kurashchi Ulug‘bek Rashidov chempion bo‘ldi (video).


Jahon

dayjest

Telegram Pavel Durovga qo‘yilgan ayblovlarni absurd deb atadi

Telegram Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berarkan, ushbu platformadagi suiiste’molliklar uchun platforma yoki uning egasi javobgar ekani haqidagi da’volarni absurd deb atadi.


dayjest

Rossiya Ukraina energetika obyektlariga keng miqyosli zarbalar berdi

Rossiya armiyasi Ukraina hududiga yuzdan ortiq raketa va dronlar uchirdi, asosiy zarba energetika obyektlariga berildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumni urush davridagi eng yirik hujumlardan biri deb atadi va mamlakat energetika sektoriga “katta zarar yetkazilganini” ta’kidladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!