Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da yo‘ldan adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 25-avgust kuni soat 15:40 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumani Chimyon mahallasi hududidagi Katta Chimyon tog‘iga uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

adashib qolganлар, фвв

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan. Fuqarolarning hech biri tan jarohati olmagan.