Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni

Mansurov Baxtiyar Muminovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

I darajali “Shon-sharaf” ordeni

Bobojonov Po‘lat Razzaqovich — O‘zbekiston ichki ishlar vaziri

“Mardlik” ordeni

  • Alikariyev Murodilla Saydullayevich — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari
  • Xushbaqov Mirsharof Nuraliyevich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
  • Sharipov Ismoil Maxamadzkirovich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi boshlig‘i

“Do‘stlik” ordeni

  • Islamov Baxtiyar Djaxangirovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi
  • Lim Mixail Aleksandrovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy safarbarlik bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
  • Mavlonov Akmalxuja Yusupovich — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi

“Jasorat” medali

  • Alimbayev Marat Tolipjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi
  • Alimov Sherzod Raxmatullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta usta-qutqaruvchisi
  • Atanayev Yodgorbek Omatjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh serjanti yordamchisi
  • Zikirov Jamoliddin Toxirjonovich — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi otryad komandirining o‘rinbosari
  • Mirzamatov Husniddin Tulanboyevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz katta yo‘riqchisi
  • Mo‘minov Xurshid Toshmurotovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
  • Nurboyev Iskandar Muxidinovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
  • Primov Elbek Uktamovich (marhum) — Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani ichki ishlar bo‘limi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori
  • Tairov Ruslan Karimovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand viloyati bo‘yicha portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish maxsus otryadi bosh mutaxassisi
  • Turdibekova Sitora Shavkat qizi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi yo‘riqchi-sportchisi
  • Xabibullayev Hikmatillo Hamidullo o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
  • Shonusratov Xasan Shotuyg‘unovich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad komandiri

“Sodiq xizmatlari uchun” medali

  • Abdigapirov Abdimutal Abdikarimovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kafedra professori
  • Abdullayev Iskandar Abdulboqiyevich — Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
  • Abdurahmonov Yaxyo Abdug‘aniyevich — Yunusobod tumani prokurori
  • Aytniyazov Paraxat — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi
  • Goncharov Aleksey Sergeyevich -Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya bo‘linmasi kichik inspektor-kinologi
  • Gofurov Abdumannob Abdullajonovich -O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
  • Gulyamov Eldar Istamovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti batalon komandiri
  • Dushayev Anvarjon Xudoyberdiyevich — Sirdaryo viloyati Xovos tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
  • Ibragimov Ismatjon Nigmatjonovich — Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
  • Muxammadiyev Nu’mon Usmonovich — Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshlig‘i
  • Nasirov Djumabay Djurabayevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” muzeyi bo‘lim bosh mutaxassisi
  • Nezametdinova Dildora Abdumalikovna — Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti katta inspektori
  • Norqabilov Xudoyberdi Rabbimovich — Navoiy shahar prokurori
  • Parpiyeva Gulnora Axatovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
  • Rahimov Nodirbek Muyidinovich — Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
  • Rustamov Jasurbek Ilxomovich — Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — tergov bo‘limi boshlig‘i
  • Fazilov Jaxangirjon Tulqinovich — Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
  • Xudoyqulov Zokir Normurodovich — Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi
  • Ergashev Ilxom Abdumutalifovich — Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i
  • Eshanjanov Saydulloxon Nizomovich — Namangan viloyati Davlatobod tumani ichki ishlar bo‘limi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri
  • Yusupov Sa’dullo Nasrulloyevich — Samarqand viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori

“Sog‘lom turmush” medali

Yusupov Umarbek Xudayberganovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i

“Shuhrat” medali

  • Agzamxodjayev Iskandar Yalkinovich — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
  • Davidova Regina Levonovna — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i
  • Karimov G‘olib Toliboyevich — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori
  • Qodirov Sirojiddin Nadirxanovich — Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri
  • Qurbonov Quvondiq Karimovich — Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili
  • Mamatov Gayratjon Tuxtamurodovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
  • Maxmudov Alisher Abdusalimovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
  • Ruzimurodov Voxidjon Asatullayevich — Navoiy viloyati Navbahor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i
  • Uskenbayev Timur Aristanbekovich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta usta-qutqaruvchisi
  • Xusanov Yusubjon Tuxtasinovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi
  • Husenov Jaloliddin Farxodovich — Buxoro viloyati ma’muriy sudining sudyasi
  • Cho‘lliyev Jobir Avliyoqulovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
  • Sherbekov Xurshid Tashpulatovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi
  • Ergasheva Barno Shokirjanovna — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat ijrochisi
  • Yusupov Ulugbek Mirtalibovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori