23−25-avgust kunlari Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf mazkur tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.

Festivalning ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanishicha, festival mamlakat turizm salohiyatini namoyish etish, uzum brendining jahon bozorida munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlash, uzumchilik va vinochilik tajribasi hamda bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyati hokimi 20-avgust kuni hudud mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Uzum sayli” xalqaro festivalini o‘tkazish xarajatlari uchun Parkent tumani mahalliy budjetiga 1 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha farmoyish qabul qilgandi. Bu festival 2 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda 28 dan ortiq xo‘raki va vinobop uzum navi yetishtirilmoqda, shundan 13 tasi Toshkent viloyatida yaratilgan. Viloyatda uzumzorlar maydoni 19 ming gektarni tashkil etmoqda. Yetishtirilayotgan uzumlarning 40 ming tonnadan ziyodi 11 ta mamlakatga, vino mahsulotlari esa 9 ta davlatga eksport qilinadi. Kelgusi uch yilda viloyatda yana 20 ming gektar hosildor uzum plantatsiyalarini yaratish rejalashtirilgan.

Festival doirasida qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar tashkil etildi. “Uzum sayli”ning madaniy qismida esa milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, nominatsiyalar bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar hamda xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalari o‘tkazildi.

Shuningdek, festivalda O‘zbekistondagi vazirlik va idoralar, uzumchilik va vino sanoatida faoliyat yuritayotgan soha vakillari, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan moliyaviy va investitsiya vakolatxonalari, xorijiy davlatlarning elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari vakillari hamda Italiya, Serbiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Singapur, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon kabi 30 dan ortiq davlatdan olimlar, ekspertlar va sohaning yirik namoyondalari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda o‘tkazilgan “Uzum sayli” xalqaro festivaliga 100 mingdan ortiq mahalliy va 1000 dan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu yilgi festivalda esa 400 ming nafar atrofida mahalliy va chet ellik turistlar qatnashgani aytildi.

Foto

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik

паркент tumani, uzum sayli, uzumchilik