Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir qancha mahalliy yo‘nalishlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etilishini ma’lum qildi.

Qo‘shimcha reyslar:

  • Toshkent — Нукус — Toshkent: 30-avgust, 1 va 3-sentabr
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent: 30, 31-avgust va 3-sentabr
  • Toshkent — Termiz — Toshkent: 31-avgust va 2-sentabr
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent: 1-sentabr
  • Toshkent — Namangan — Toshkent: 2-sentabr
  • Toshkent — Urganch — Toshkent: 31-avgust va 1,2,3-sentabr.

Kompaniya bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun chipta tariflaridan 30 foiz chegirma berilishini eslatib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31-avgust-3-sentabr) dam oladi. 4-sentabrdan barcha yana ishga qaytadi.