Toshkent shahridagi 30-sonli mehribonlik uyida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda qatnashgan har bir bola o‘zini qadrli va sevimli his qila oldi. Bolalaring kulgisi esa ezgulik va e’tibor dunyoni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qodir ekanini yana bir bor isbotladi.

O‘zbekistondagi ilk mahalliy raqamli bank ANORBANK bu yil moliyaviy xizmatlar bozoridagi to‘rt yilligini nishonladi. Ushbu muhim sana munosabati bilan bank tomonidan Toshkent shahridagi 30-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya bayrami tashkil qilindi.

anorbank, реклама

Tadbirda 7 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq bola ishtirok etdi. Ular uchun turli musiqa tanlovlari, kimyoviy moddalar shousi va raqs tomoshalari namoyish qilindi. Dasturning eng diqqatga sazovor qismi taniqli illyuzionist Dmitriy Polyakovning chiqishi bo‘lib, u yosh tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

anorbank, реклама

Tadbirda bayramona kayfiyat yaratish maqsadida InTrend raqs guruhi o‘z chiqishlarini namoyish qildi. Butun bayram davomida raqs maydonini bolalarning kulgisi va quvonchli taassurotlari qamrab oldi.

anorbank, реклама

Tadbir so‘ngida bolalar serpantin shousidan bahramand bo‘ldi va ular uchun bayram dasturxoni yozildi.

Shuningdek, bank to‘rt yilligi munosabati bilan O‘zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorida erishgan yutuqlari va mavqei aks ettirilgan hisobot roligini taqdim etdi.

ANORBANK`ning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil ma’lumot taqdim etilgan:

Telefon: 1290.

Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank

Reklama huquqlari asosida.