Siyosat

dayjest

Andijon shahri Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgan sobiq hokim bir hafta o‘tib ishdan bo‘shadi

Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 17-avgust kuni Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgandi. Bir hafta o‘tgach, u “sog‘lig‘i sababli” ushbu lavozimdan ketdi.


dayjest

Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga Uchqun Yelmuratov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.


dayjest

Afg‘onistondan o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qoladi — AQSh elchisi

O‘zbekiston va AQSh 2021-yilning avgustida Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlar taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishdi. Amerika elchisi Jonatan Henik ular O‘zbekistonga o‘tkazilishini bildirdi.


dayjest

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi.


dayjest

Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. U bungacha Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan.


dayjest

Deputatlar raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Qonunchilik palatasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Birinchi o‘qishda deputatlar e’tiroziga sabab bo‘lgan norma chiqarib tashlandi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi.


dayjest

To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim tayinlandi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Sherali Qosimov hokim etib tayinlandi. U mazkur lavozimga qadar Pop tumani hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.


dayjest

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. “Bokuda o‘zbek tuprog‘i, Toshkentda Ozarbayjon tuprog‘i bo‘ladi”, — dedi u.


Iqtisodiyot

dayjest

Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini qo‘lga kiritmoqchi

Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishni va “ushbu mamlakatda texnologiyalarni rivojlantirishga katta sarmoya kiritishni” rejalashtirmoqda.


dayjest

Agalarov Development kompaniyasi Toshkentda 133 mln dollarga turar joy majmuasi va mehmonxona quradi

Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida turar joy majmuasi va mehmonxona qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Loyiha qiymati 133 mln dollarga baholanmoqda.


dayjest

Fitch — O‘zbekistonning islohotlar va boshqaruvdagi taraqqiyoti, inflyatsiya va davlat qarzi haqida

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren reytingini VV- darajasida qoldirdi. Agentlik davlat qarzining past darajasi, YAIMning yuqori o‘sishi va islohotlardagi taraqqiyotni qayd etdi. Bu YAIM pastligi, davlat boshqaruvi zaifligi, lekin yaxshilanayotgani, iqtisodiyotda davlat ulushi yuqoriligi bilan muvozanatlashadi.


dayjest

Mehmonxona, TJM, to‘qimachilik korxonalari va do‘stlik bog‘i: Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev qanday loyihalarni boshlab berdi?

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki davlatda qiymati 520 mln dollar bo‘lgan 7 ta loyihani ishga tushirdi. Ritz-Carlton mehmonxonasi, turar joy majmuasi, Qashqadaryodagi gips mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi, to‘qimachilik korxonalari, Ozarbayjondagi do‘stlik bog‘i shular jumlasidan.


dayjest

OTB O‘zbekiston bilan yangi 5 yillik hamkorlik strategiyasini boshladi

OTBning O‘zbekiston bo‘yicha yangi strategiyasi mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bank energetika, davlat sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik sohalarida loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.


Jamiyat

dayjest

Kolonka: O‘zbekistonda yoshlar salohiyati va imkoniyatlari

O‘zbekistonda yoshlarning kamol topishi uchun imkoniyatlar mavjud, ammo ular notekis taqsimlangan. Hozir bularni amalga oshirishning ayni payti, deb yozadi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii o‘z kolonkasida.


dayjest

Toshkentda yo‘lovchilar metroning kichik oynasini ochish vaqtida sindirib qo‘ydi

Toshkent metrosining vagonlaridan birida kichik oyna sindi. Metropoliten tirqish yo‘lovchilar tomonidan ehtiyotsiz harakat sabab singanini ma’lum qildi.


dayjest

Istanbul-Samarqand reysidagi Qanot Sharq samolyoti Turkiyaga shoshilinch qo‘ndi

Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbuldan Samarqandga uchayotgan A320 samolyoti Turkiya shimolidagi Merzifon aeroportida to‘xtashni amalga oshirdi. Bunga salondagi bosimning pasayishi sabab bo‘ldi. Samolyot xavfsiz qo‘ndi.


dayjest

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Termiz, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

Toshkent viloyatida Damas to‘liq yonib ketdi

Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan Damas to‘liq yonib ketdi. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Hech kim jarohat olmagan.


dayjest

Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 724,5 ming yo‘lovchini tashimoqda

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yo‘lovchi tashildi. Kunlik tashish ko‘rsatkichi o‘rtacha 724,5 ming nafarni tashkil etmoqda.


dayjest

Farg‘onada fuqaro pichoq bilan hujum qilgan profilaktika inspektori vafot etdi

Dang‘ara tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori fuqaroning pichoq bilan hujum qilishi oqibatida vafot etdi.


dayjest

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish rejalashtirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari jamiyat hayotida yuqori natijalarga erishgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini yaratish uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etmoqchi. Ular bu yoshlarning tadbirkorlik va biznesga qiziqishini oshiradi, degan fikrda.


dayjest

35 ta holatda o‘qituvchi va shifokorlar “Tashabbusli budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkin — IMV

“Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish jarayonida respublika bo‘ylab ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha 39 ta shikoyat kelib tushdi, deb yozdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ularning 35 tasi o‘qituvchi va shifokorlar bilan bog‘liq. Agar ular o‘z tasdig‘ini topsa, loyihalar jarayondan chetlatiladi.


dayjest

Toshkent metrosining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi

Metropolitenning “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi. Holat 4 daqiqada bartaraf etildi va harakat tiklandi. Yong‘inda hech kimga jarohat yetmadi.


dayjest

Andijondagi sement zavodi insofsiz raqobat uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodi bilan bog‘liq tekshiruvni yakunladi. Kompaniya birja savdolarida demping va raqobatni cheklagani uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi.


Jahon

dayjest

Qirg‘izistonda internetdagi dezinformatsiya uchun fuqarolarga jarima solish taklif etildi

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi OAV va internetda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga jarimalar joriy etishni taklif qildi. Vazirlikning fikricha, bu “internet-kontent iste’molida tanqidiy fikrlash zarurligi yuzasidan aholi xabardorligini oshiradi”.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!