27-avgust kuni Toshkent metropoliteni “Chilonzor” yo‘lining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar beradi metropoliten matbuot xizmati.

Soat 19:28 lar atrofida “O‘zgarish” bekatining kontakt relsidagi mavjud qurilmalardan birida qisqa tutashuv yuz bergan va oqibatda yong‘in chiqqan.

Nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten hodimlari tomonidan o‘chirilgan. Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan so‘ng poyezd harakati qayta tiklangan.

Xabarda aytilishicha, yong‘inda hech kimga jarohat yetmagan.

Metropoliten yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanayotganini aytdi va noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.