Toshkent metropolitenining poyezd vagonidagi kichik oynasi sindi. Bu haqda Toshkent metropoliteni ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tarmoqlarda aks etgan holat 2024-yilning 4-iyul sanasida sodir etilgan. O‘sha kuni 4006-sonli metro vagonining tirqishi yo‘lovchilar tomonidan “ehtiyotsiz harakat” bilan ochilgan va oqibatda tirqish sinib ketgan.

Ushbu holatdan poyezd mashinisti xabar topgach, belgilangan yo‘riqnomaga asosan harakat tarkibi elektrodepoga olib kirilgan va ushbu kamchilik bartaraf etilgan.

“Shu o‘rinda, yo‘lovchilardan metro xizmatidan foydalanish vaqtida ehtiyotkor bo‘lishlarini hamda metro mulkiga zarar yetkazmasliklarini so‘raymiz!”, — deyiladi metropoliten xabarida.