Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yo‘lovchi (o‘tgan yilning mos davrida 81 mln) tashildi.

Boshqacha aytganda, bir kunda o‘rtacha 724,5 ming nafar yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda, ko‘rsatkich 277,1 ming yo‘lovchiga oshgan.

Ma’lumot uchun, 2023-yil yanvar-dekabr oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 445,9 ming nafar yo‘lovchi tashilgan.