Navoiy viloyati hokimining 26-avgustdagi qarori bilan Uchqun Fayzullayevich Yelmuratov Uchquduq tumani hokimi bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Uchqun Yelmuratov 1986-yilda Konimex tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent moliya institutini hamda 2012-yilda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u “Agrobank” Navoiy viloyati filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, tumanning avvalgi hokimi iyul oyida prezident o‘tkazgan yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.