Siyosat

dayjest

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q"ligini ta’qidladi.


Iqtisodiyot

dayjest

“Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish — davlat siyosati” — prezident

Prezident muqobil energiya manbalarini o‘rnatishni davlat siyosati deb atadi. O‘zbekistondagi 1 mln xonadonning isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish, aholi va tadbirkorlarga 973 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.


dayjest

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqiga nisbatan eng qimmat uylar qayerda?

Markaziy bank aholining o‘rtacha ish haqi va uy-joy narxlarini taqqosladi. Eng qimmat uy-joylar Samarqand viloyati va Toshkentga to‘g‘ri keldi. Xarid qobiliyati deyarli barcha hududlarda yomonlashdi. “Gazeta.uz” 50 kvadrat metrli kvartirani sotib olish uchun necha yillik ish haqi kerakligini hisoblab chiqdi.


dayjest

Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi etib jamg‘arma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish va jamg‘arma aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish belgilandi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi reklamada to‘liq ma’lumot bermagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga jarima qo‘lladi

Raqobat qo‘mitasi omonat turlari reklamasida muhim ma’lumotlar to‘liq berilmagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga moliyaviy jarima qo‘lladi. Bankka qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


dayjest

YTTB O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarishni dekarbonizatsiyalash bo‘yicha pilot loyihani qo‘llab-quvvatlaydi

YTTB Markaziy Osiyodagi birinchi qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. 20 MVt quvvatga ega elektroliz uskanasi va 52 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi ammiakli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda qo‘llanadigan kulrang vodorodni qayta tiklanadiganiga almashtirishga yordam beradi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi.


dayjest

Foto: Samarqandda o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivali

Registon maydonida o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivalida 80 ga yaqin davlatdan 300 dan ziyod vakil qatnashmoqda. 27-avgust kuni 14 ta mamlakat ishtirokchilari ko‘rik-tanlov doirasida chiqish qildi. “Gazeta.uz” tadbirning ikkinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.


dayjest

Migratsiya agentligi Latviya va Belgiyadagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida e’lon berdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi SE guvohnomasiga ega furachilar Latviyaga ishga taklif etilayotganini ma’lum qildi. Oylik ish haqi — 1100 yevro. Belgiyada esa avtomexanik va avtotexniklar uchun vakansiya mavjud, ish haqi — 2100 yevro.


dayjest

Saudiya Arabistonida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fevral oyidan buyon Makka shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan va viza muddati tugagan fuqaroning O‘zbekistonga qaytishiga yordam ko‘rsatildi. U va uning o‘g‘li shifokor hamrohligida Toshkentga olib kelindi.


dayjest

Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30,7 ming xodim jalb qilinadi

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, FVV, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari jalb etiladi.


dayjest

Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan 3 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan uch bola (17, 12 va 2 yoshda) O‘zbekistonga qaytarildi.


dayjest

Gulistonda Yandex Go ish boshladi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahri O‘zbekistonda Yandex Go taksi xizmati ishga tushgan 14-shahar bo‘ldi. Sayohatning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi.


dayjest

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligi har yili baholanadi

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi. Kengashlar faoliyati samaradorligi esa har yili baholab boriladi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi qonunni yangi mexanizm va shakllar bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.


dayjest

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev 79 yoshida vafot etdi

Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yuldashev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)da ilmiy maslahatchi bo‘lib ham ishlagan.


dayjest

“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri “Maqom”, “Baxshichilik”, “Sharq taronalari” kabi festivallarning ahamiyatiga to‘xtalib, inson madaniyatiga tahdid bostirib kelayotganini aytdi. “Bu muammoga qarshi kurashish bitta ko‘chani asfalt qilgandan muhimroq. Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.


dayjest

Toshkent metropoliteni beshta bekatning o‘n yillar avval qurilishi tugallanmagan vestibyullarini ochadi

Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.


dayjest

Zo‘ravonlik qurbonlari uchun himoya orderi onlayn beriladi

Hukumat zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderi berish tartibini yangiladi. Endi u profilaktika inspektori tomonidan zo‘ravonlik aniqlangan va davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirilgan paytdan boshlab 24 soat ichida beriladi.


Sport

dayjest

Prezident olimpiyachilarga mukofotlarni topshirdi

Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat mukofotlari topshirildi. Prezident sportchi va murabbiylarga minnatdorlik bildirib, qaysi sport turlari bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish kerakligini aytdi. Kelgusida sportchilarni tayyorlash dasturlari qabul qilinib, xorijlik mutaxassislar jalb etiladi.


dayjest

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston KXDR va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi KXDR va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi. Shimoliy koreyaliklar bilan o‘yin 5-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.


dayjest

“Kelgusi Olimpiadada kuchli 10 likka kirish bosh maqsad bo‘lishi kerak” — prezident

Prezident Olimpiada g‘oliblari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi. “Kelgusi Olimpiadada kuchli 10 likka kirish bosh maqsad bo‘lishi kerak”, — dedi prezident ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi vazifalarni belgilab berarkan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!