Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish — O‘zbekistonning davlat siyosati, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda.

Unda yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar muhokama qilindi. Prezidentнинг iyul oyida Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu rejani ilmiy asoslangan holda 2 baravar oshirib bajarish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan Farg‘ona tumanidagi elektr iste’moli o‘rganilib, 4,6 ming xonadon va 233 ta tadbirkorga xizmat qiladigan “Log‘on” podstansiyasidagi yillik yo‘qotish 5 mln kilovatt soatni tashkil qilishi aniqlangan. Bu — tabiiy yo‘qotish uchun belgilangan me’yordan 1,5 baravar ko‘p, deyiladi xabarda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur podstansiyadan elektr oladigan 113 ta transformatordagi yuklamani teng taqsimlash orqali 765 ming kilovatt soat yo‘qotishning oldini olish mumkin. Eng muhimi, bunga xarajat talab qilinmaydi. Tuman elektr korxonasida boshqaruv to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, suv nasoslariga xizmat ko‘rsatuvchi 44 ta transformatorga reaktiv quvvat batareyalari o‘rnatilsa, yo‘qotish yiliga 1,1 mln kilovatt soatga kamayadi, xarajat bir yilda o‘zini oqlaydi.

Umuman, Farg‘ona tumanidagi 14 ta podstansiyada 15,5 mln kilovatt soat yoki yiliga o‘rtacha 6 mlrd so‘mlik ortiqcha yo‘qotish hisob-kitob qilingan. Ish yuqoridagidek omilkorlik bilan tashkil qilinsa, elektrdan iqtisod qilish rejasini bajarish mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha 1800 ta shunday podstansiya va 100 mingga yaqin transformator bor. Prezident mutasaddilarga ushbu tajribani boshqa hududlarda ham joriy qilib, energiyani tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyev.Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyev.

Qoraqalpog‘istonda gazni tejash bo‘yicha “yaxshi natija” bor, deyiladi xabarda. Hozirgacha 95 mingta xonadondagi eskirgan “gorelka” energiya tejamkoriga almashtirilgani va isitish tizimi izolyatsiya qilingani hisobiga yiliga 145 mln kubmetr gaz iqtisod bo‘lmoqda.

Yana 16 ming ehtiyojmand oilaga mahalliy budjet hisobidan shunday pechlar qo‘yib berish boshlangan. Bu orqali 20 mln kubmetr gaz iqtisod qilinishi, ehtiyojmand aholi ixtiyorida 12 mlrd so‘m qolishi kutilmoqda.

Prezident mamlakatdagi 1 mln xonadon isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish vazifasini qo‘ydi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda 2349 ta yirik gaz iste’molchisi bor, lekin yirik iste’molchilarning bor-yo‘g‘i 25 foizida zamonaviy gaz tejovchi uskunalar o‘rnatilgan.

Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimliklari va “O‘zenergoinspeksiya” mana shunday masalalar bilan shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi. Avvalroq inspeksiya Energetika vazirligi huzuridan Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazilgani xabar qilingandi. Bu uning imkoniyatlarini va ish samaradorligini oshirishi kerak.

Masalan, Ohangarondagi kafel ishlab chiqaruvchi korxona o‘zidan chiqqan issiqlikdan qayta foydalanish texnologiyasini joriy qilgan. Elektr energiyasining eng yirik iste’molchilarida ham shunday ish olib borilishi kerak, dedi prezident.

Jami elektr iste’molining 10−11 foizi suv xo‘jaligi korxonalariga to‘g‘ri keladi. Shu bois kelgusi 3 yilda suv xo‘jaligi inshootlarida elektr iste’molini kamida 25 foizga qisqartirish vazifasi belgilandi.

gaz, muqobil energiya, шавкат мирзиёев, elektr, energiya tejash, qayta тикланувчи energiya

Bu yil aholiga 182 MVt, tadbirkorlarga 791 MVt quvvatli muqobil energiya uskunalari o‘rnatish rejalashtirilgan. Prezident mutasaddilarni bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligi haqida ogohlantirdi.

“Umuman olganda, davlat rahbari tomonidan 8 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi va 4,05 mlrd kub metr gaz tejashga erishish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, — dedi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Mamatkarimov.

Prezident fevral oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda energetika vaziri va viloyatlar hokimlarining muqobil energetika sohasidagi 2024-yilgi rejalaridan norozi bo‘lgandi. Shavkat Mirziyoyev 2−3 oyda 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirishni tezlashtirish va 2 ta gidroto‘plash stansiyasi loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq bergandi.