Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan KXDR va Qirg‘iziston terma jamoalariga qarshi o‘yin uchun futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tarkib

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov (“Fulad”, Eron), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Botirali Ergashev (“Neftchi”).

Himoyachilar: Umar Eshmurodov (“Selangor”, Malayziya), Rustam Ashurmatov (“Rubin”, Rossiya), Xusniddin Aliqulov (“Rizespor”, Turkiya), Abduqodir Xusanov (“Lens”, Fransiya), Farruh Sayfiyev (“Navbahor”), Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov (“Kayserispor”, Turkiya), Abdulla Abdullayev (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Navbahor”), Aziz Turg‘unboyev (“Sivasspor”, Turkiya), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Jamshid Iskanderov (“Navbahor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Roma”, Italiya), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Azizbek Amonov (“Neftchi”), Bobir Abdiholiqov (“Nasaf”), Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”, Rossiya), Jasur Yaxshiboyev (“Ordabasi”, Qozog‘iston), Xojimat Erkinov (“Al Vahda”, BAA), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron).

futbol, jch-2026 saralashi, kxdr, qirg‘iziston, srechko katanets

“Ordabasi” klubi safida Qozog‘iston Premer-ligasining 12 o‘yinida 8 ta gol urgan hujumkor yarim himoyachi Jasur Yaxshiboyev ham jamoaga taklif qilindi.

Terma jamoa yig‘inga 2-sentabr kuni kirishadi. 5-sentabr kuni soat 19:00 da O‘zbekiston KXDRni qabul qilsa, 10-sentabr kuni soat 19:00 da Qirg‘iziston bilan mehmonda bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichida 18 ta terma jamoa oltitadan uchta guruhga bo‘lingan. Guruhning eng yaxshi ikki jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2026 final bosqichiga yo‘l oladi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘rtinchi bosqichda o‘ynaydi, ular yana ikkita to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma, shuningdek, qit’alararo pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Uchinchi saralash bosqichi ikki davrada (10 tur) o‘tkaziladi. U 2024-yil 5-sentabrda boshlanib, 2025-yil 10-iyunda tugaydi.

O‘zbekiston “A” guruhida Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va Shimoliy Koreya bilan o‘ynaydi.