Yandex Go Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida taksi buyurtma qilish servisini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, sayohatning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, shahar vokzalidan Olim Xo‘jayev nomidagi musiqali drama teatrigacha taksi narxi taxminan 4500 so‘mga tushadi.

Endilikda servis O‘zbekistonning 14 ta shahrini qamrab oldi. Shu paytgacha xizmat Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch va Xivada mavjud edi.