Toshkent shahrida yangi Terminal biznes markazi ofis maydonlari sotuvi boshlandi. Shaharning markaziy qismida, asosiy ishbilarmonlik va transport yo‘llari kesishmasida “Jahon savdo markazi” noyob konsepsiyasi asosida faoliyat yurituvchi Terminal biznes markazi ochilmoqda.

Standart ofis taklif qilayotgan biznes markazlaridan farqli o‘laroq, “Jahon savdo markazi” o‘z mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish, xalqaro biznesni yuritish va rivojlantirish maqsadida bo‘lgan kompaniyalar va tadbirkorlar uchun ekotizim yaratadi. Biznes markazining rezidentlari tarkibida eksport-import, distribyutsiya, logistika, konsalting, yuridik va inspeksiya xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalar faoliyat yuritadi.

Uning asosiy afzalliklari:

  • faol rivojlanayotgan hududda qulay transport aloqasiga ega strategik joylashuv;
  • zamonaviy arxitektura va yuqori sifatli muhandislik yechimlari;
  • shahar markazi va tog‘larga qaragan hayratlanarli manzaralarga ega, 50 dan 200 kv. m. gacha bo‘lgan, open space yoki kabinet uslubida transformatsiya qilish imkoniyatiga ega, moslashuvchan ofis maydonlari;
  • biznes markazi rezidentlari va mehmonlari uchun yetarli avtoturargohlarning mavjudligi. Hududda mehmonlar uchun bepul yerusti avtoturargohi, rezidentlar uchun esa yerosti va ko‘p qavatli avtoturargohlarda maydonlar xarid qilish yoki ijaraga olish imkoniyatlari mavjud;
  • xalqaro biznes uchun rivojlangan infratuzilma. Markazda konferens-zal, uchrashuv xonalari, kovorking markazi, qahvaxonalar, restoran, fitnes markazi, kimyoviy tozalash xizmati, bankomatlar faoliyat ko‘rsatadi;
  • investorlar uchun ofis maydonlarini ta’mirlash, ijarachilar topish va shartnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha “hammasi ichida” tamoyili asosida qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Savdoning boshlanishida ofis xarid qiluvchilarni maxsus takliflar va sovg‘alar kutmoqda, ular haqida batafsil ma’lumotni savdo ofisiga tashrif buyurish orqali olish mumkin.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tu., Parkent ko‘ch., 6.

Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki tashrif buyurish uchun quyidagi telefonga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: (+998) 78−113−11−55.

Sayt: bc-terminal.uz

Reklama huquqlari asosida.