O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni Latviya va Belgiyada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirdi.

Jumladan, SE guvohnomasiga ega furachilar Latviyaga ishga taklif etilmoqda. Oylik ish haqi 1100 yevroni tashkil etadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 18 dan 55 yoshgacha bo‘lish;
  • rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
  • soha bo‘yicha kamida 1 yillik tajriba;
  • sudlanmaganlik;
  • xorijga chiqish taqiqlanmagan bo‘lishi;
  • sog‘lom bo‘lish.

Sug‘urta, hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Fuqaro hisobidan esa agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish, viza uchun to‘lov, aviachipta, ovqatlanish, yashash joyi to‘lovi qoplanishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish va shart-sharoitlar bilan batafsil tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting. Bog‘lanish uchun telefon raqam: 71 202−33−55 (ichki raqam 17), 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqami.

Belgiya

Agentlik, shuningdek, Belgiyaga avtoslesar va avtotexniklar ishga taklif etilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Sohalar:

  • yuk avtomobili va boshqa texnikalarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis (avtoslesar);
  • qurilish, qishloq xo‘jaligi va yuk ko‘tarish texnikalari bo‘yicha texnik.

Oylik ish haqi 2100 yevroni tashkil etadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
  • yuk avtomobili mexanigi va elektrigi sohasida texnik ma’lumot;
  • yuk avtomobili pnevmatikasi, gidravlikasi, elektronikasi va elektrigi sohalarini bilish;
  • yuk avtomobili tormoz tizimi va dvigatel boshqaruvini bilish
  • yuk avtomobili diagnostikasi va nazorat uskunalari bilan ishlash tajribasi;
  • yuk avtomobilini boshqarish guvohnomasiga ustunlik beriladi;
  • 25−40 yoshdagi erkaklar;
  • sudlanmagan bo‘lish.

Ish beruvchi hisobidan ishlash uchun ruxsatnoma, ishchi vizasi va ishga joylashish uchun ro‘yxatga olish xarajatlari qoplab beriladi. Fuqaro hisobidan esa agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish, aviachipta xarajatlari to‘lanishi kerak.

Mazkur vakansiyaga ro‘yxatdan o‘tish 29-avgust soat 14:00 ga qadar davom etadi. Murojaat uchun: 71 202−33−55, 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak.