O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev BAAdagi 2024 Abu Dhabi Chess Festival’s Masters ochiq turnirida birinchi o‘rinni egallab, 30 ming dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi, deb yozdi chess.com.

30-Abu-Dabi shaxmat festivali 14−25-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi va partiya uchun vaqt nazorati birinchi yurishdan boshlab har biri uchun 30 soniya qo‘shilishi bilan 90 daqiqani tashkil etdi. Sovrin jamg‘armasi — 63,6 ming dollar. Dasturda nafaqat Masters turniri, balki turli yosh toifalaridagi bolalar turnirlari, shuningdek, faxriylar, davlat xizmatchilari va elchixona xodimlari o‘rtasidagi turnirlar ham o‘rin oldi.

Asosiy turnir — to‘qqiz turdan iborat Shveysariya turnirida 217 nafar ishtirokchi, jumladan, 50 nafar grossmeyster ishtirok etdi. Yoqubboyev David Paravyan, o‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov, Amin Tabatabay, Leon Mendonka va Daniel Kizon bilan birga 7/9 ochko jamg‘ardi, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlarda ulardan ustun keldi.

abu dhabi chess festival, afruza hamdamova, nodirbek yoqubboyev, shamsiddin vohidov, shaxmat

Buxgols koeffitsiyentiga ko‘ra (raqiblar to‘plagan ochkolar yig‘indisi ular bilan o‘yinlardagi natijaga ko‘paytiriladi), o‘zbekistonlik Paravyanni bor-yo‘g‘i yarim ochkoga ortda qoldirdi, lekin 20 ming dollar ko‘proq mukofot puli ishlab oldi, chunki birinchi mukofot Gort tizimiga ko‘ra bo‘linmadi.

abu dhabi chess festival, afruza hamdamova, nodirbek yoqubboyev, shamsiddin vohidov, shaxmat

Yoqubboyev uchta boshlang‘ich raundda reytingi 2500 Elodan past bo‘lgan uch nafar shaxmatchini mag‘lub etdi, reytingi 2600 Elodan past bo‘lgan uchta shaxmatchiga qarshi 2,5/3 ball ishladi va reytingi 2600 Elodan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar bilan uchta durang o‘ynadi, deb yozadi shaxmat portali.

Yakunda uchinchi o‘rinni egallagan yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Shamsiddin Vohidov (suratda o‘ngda) turnir g‘olibligiga yaqin edi. U Paravyan bilan o‘yinning boshida piyoda yutib oldi va hal qiluvchi ustunlik bilan to‘ra endshpiliga o‘tdi, ammo uni realizatsiya qila olmadi. U 7050 dollar mukofot puli oldi.

abu dhabi chess festival, afruza hamdamova, nodirbek yoqubboyev, shamsiddin vohidov, shaxmat

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining ma’lum qilishicha, Open B guruhida Xudoyor Maraimov 9 turda birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, 8 ochko jamg‘argan holda g‘olib bo‘ldi.

Ladies guruhida 7 turda 6,5 ochko jamg‘argan Afruza Hamdamova birinchi o‘rinni egalladi. U, shuningdek, ayollar xalqaro masteri (WIM) unvonini oldi, Afruza bu yil atigi 15 yoshga to‘ladi.

Families guruhida Yoqubboyev jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Schools G7 guruhida o‘zbekistonlik Asmina Abdulazizova uchinchi o‘rinni egalladi.

Schools G15 guruhida 7 turda 5,5 ball to‘plagan Mumtozbegim Mansurova kumush medalni qo‘lga kiritdi.