Siyosat

dayjest

Alisher Abdusalomov O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi bo‘ldi

Alisher Abdusalomov O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi bo‘ldi. U bunga qadar Oliy Majlis Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.


Iqtisodiyot

dayjest

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz"ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz"ning 4,8 mlrd so‘mga yaqin savdolarida “Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi buzilganiga oid alomatlarni aniqlandi. AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.


dayjest

Korxonalar muammolarini hal qilish uchun ularga mas’ullar biriktiriladi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov prezidentga viloyat va tumanlardagi sanoat bilan “korxonabay” ishlash boshlangani, ularga aylanma mablag‘, elektr va gaz ta’minoti, soliq masalalari bo‘yicha ko‘maklashilayotgani haqida hisobot berdi. Prezident korxonalarga mas’ullarni biriktirish bo‘yicha topshiriq berdi.


dayjest

Termiz xalqaro savdo markazi o‘z ishini boshladi

Termiz xalqaro savdo markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston bosh vaziri v.b. Abdul G‘ani Barodar, Ozarbayjon bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafayev qatnashdi.


dayjest

Qozog‘iston Tojikistondan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak.


Jamiyat

dayjest

“Onkologik bemorlar navbatda turib qiynalmasin”. Prezident yangi qurilgan Respublika onkologiya markazini borib ko‘rdi

Prezident Toshkent tibbiyot akademiyasi yonida qurilgan Respublika onkologiya markazining yangi majmuasini borib ko‘rdi. Loyiha Janubiy Koreya tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Qurilish ishlariga 1,2 trillion so‘m ajratilgan.


dayjest

OTMlardagi super kontrakt miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston davlat OTMlaridagi super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Tabaqalashtirilgan kontraktni to‘plagan ballari qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan talabalar to‘lagan holda o‘qishga kirishi mumkin.


dayjest

Turkiyada 4 yil tutqunlikda saqlangan ayol qutqarildi

Turkiyaning Ushoq shahrida 2020-yildan beri tutqunlikda ushlab turilgan qashqadaryolik ayol qutqarildi. Uni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangan. Ayolni tutqunlikda saqlagan turk fuqarosiga jinoyat ishi ochildi.


dayjest

O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi

Endilikda o‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bunday norma mavjud bo‘lmagan.


dayjest

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan YAIDXPga shikoyat yo‘llash mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonda endilikda yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha my.gov.uz portali orqali shikoyat yo‘llash mumkin.


dayjest

Prezident marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev kecha vafot etgan Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadoniga bordi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini yodga oldi, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.


dayjest

Bo‘stonliqdagi o‘rmon xo‘jaligi yerlarida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqib, 1,5 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabba yondi. Uni o‘chiirishga 3 ta ekipaj, 30 nafar qutqaruvchi va xo‘jalikning 20 nafar xodimi jalb qilindi.


Sport

dayjest

Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatov muddatidan oldin podpolkovnik bo‘ldi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga “A'lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi.


dayjest

Paralimpiada-2024. 1-kunda o‘zbekistonlik 6 sportchi ishtirokini boshlaydi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunida o‘zbekistonlik 5 sportchi para suzish bahslarida qatnashadi. Parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova (-47 kg) ishtirokini chorak finaldan boshlaydi.


dayjest

Foto: Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Fotojurnalist Husniddin Ato jarayondan olingan suratlarni “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi.


dayjest

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Sinkfild kubogida 3−4-o‘rinlarni egalladi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov AQShda o‘tkazilgan Sinkfild kubogi nufuzli turnirida 3−4-o‘rinlarni egallab, 40 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Oxirgi turda u 27 ta harakatda Yan Nepomnyashiydan ustun keldi. Alireza Firuzja birinchi, Fabiano Karuana ikkinchi o‘rinni egalladi.


dayjest

Shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabidagi ochiq turnirda g‘olib chiqdi va $30 ming ishlab oldi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabidagi ochiq turnirda biror mag‘lubiyatsiz g‘olib chiqdi. U 30 ming dollar mukofot puli oldi. Shamsiddin Vohidov ham xuddi shuncha ochko jamg‘ardi, ammo uchinchi o‘rinni egalladi. Ladies guruhida Afruza Hamdamova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Jahon

dayjest

Yaponiyaga “Shanshan” tayfuni yopirildi, millionlab aholi evakuatsiya qilinmoqda

Yaponiya janubi-g‘arbida “Shanshan” tayfuni kuzatildi, 200 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Toyota va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar zavodlarda ishni to‘xtatdi, yuzlab reyslar bekor qilindi. Hukumat mamlakat bo‘ylab 5,2 milliondan ortiq aholini evakuatsiya qilish topshirig‘ini berdi.


dayjest

Trampga saylov natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha yana ayblovlar qo‘yildi

Maxsus prokuror Jek Smit Donald Trampning 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishi bo‘yicha yangi ayblov xulosasini sudga berdi. Hujjat Oliy sudning AQSh sobiq prezidentlarining qisman jinoiy immunitetga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi qarorini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!