29-avgustga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu haqda 00:35 da xabar kelib tushganini ma’lum qildi.

Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 30 nafar qutqaruvchi hamda Burchmullo o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.

бўстонлик tumani, yong‘in

Foto: Bo‘stonliq tumani hokimligi

1,5 gektar maydonda yuzaga kelgan hodisa oqibatida quruq o‘t va shox-shabba yongan. Yong‘in soat 01:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

бўстонлик tumani, yong‘in