IT dunyosi shunchalik tez rivojlanyaptiki, o‘zgarishlarga yetib olish juda qiyin. Yangi texnologiyalar, yangi kasblar, yangi xizmatlar. Bugungi kunda mehnat bozorida kechagina mavjud bo‘lmagan kasb egalari qidirilmoqda. Tez o‘zgaruvchan dunyoda qanday qilib talab yuqori bo‘lgan mutaxassis bo‘lib qolish mumkinligi haqida IT Park University — IT sohasida amaliy ta’limga yo‘naltirilgan universitet ekspertlari so‘zlab berdi.

it park university

Mutaxassis bo‘lish uchun ma’lum bir IT sohasini tanlash

Keng doiradagi mutaxassislar davri o‘tdi — endi mehnat bozorida muayyan sohada chuqur tajribaga ega bo‘lgan xodimlar qadrlanadi. ITPU magistraturasi talabalarga uchta eng mashhur ixtisoslikni taklif qiladi (World Economic Forum ma’lumotlariga ko‘ra):

  • Solution Architecture;
  • Systems Engineering (Cloud & DevOps);
  • Data Engineering & AI.

O‘rganishdan to‘xtamaslik kerak

Texnologiyalar tez o‘zgarmoqda, shuning uchun eng so‘nggi tendensiyalar va innovatsiyalardan doimo xabardor bo‘lish muhimdir. ITPU magistratura dasturi yangi texnologiyalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, eng so‘nggi usullar va texnologiyalardan foydalanishni ta’minlaydi, bu esa mutaxassislarga trendda bo‘lish va kasbiy o‘sishda davom etish imkonini beradi.

Dasturlar sohaning yetakchi mutaxassislaridan ustozlik va real loyihalarni o‘z ichiga oladi, bu esa mutaxassislarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va mahoratlarini oshirish imkonini beradi.

it park university

Professional hamjamiyatning faol ishtirokchisi bo‘lish

Kasbiy aloqalarni o‘rnatish har qanday karerada, ayniqsa, IT’da muhimdir. Aloqalar tarmog‘i yangi imkoniyatlar haqida bilishga va kasb bo‘yicha hamkasblardan maslahat olishga yordam beradi.

ITPU magistratura dasturi xalqaro jamoalarda ishlashni o‘rganish va o‘z aloqa tarmog‘ini global qilish imkonini beradi.

Soft Skills’ni rivojlantirish

Aytichilar hech kim bilan muloqot qilishi shart emas va muvaffaqiyatli karera uchun asosan Hard Skills kerak, degan keng tarqalgan xato fikr mavjud. Karerada o‘sish uchun jamoada ishlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari, hissiy intellekt va muloqot qobiliyatlari muhimdir. Shuning uchun ITPU magistratura dasturi liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi kurslarni o‘z ichiga oladi.

it park university

Bilimlarni magistratura diplomi bilan tasdiqlash

Diplomni olgach, kasbiy o‘sishga bo‘lgan intilishni ko‘rsatish kerak. Talabalar ITPU’da o‘qishni tugatgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi davlat namunasidagi diplom oladi.

Magistratura diplomi kasbiy va akademik o‘sish uchun keng imkoniyatlar ochishi mumkin bo‘lgan muhim aktivdir. Magistrlik diplomi bilan yuqori lavozimga ko‘tarilish yoki yuqori lavozimlarni egallash ehtimoli ko‘proq. O‘rtacha hisobda, magistr darajasiga ega mutaxassislar faqat bakalavr darajasiga ega bo‘lganlarga qaraganda yuqori maoshga ega.

Tez rivojlanayotgan IT olamida talab yuqori bo‘lgan mutaxassis bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik kerak. ITPU magistraturasida o‘qish uchun arizani hoziroq saytda qoldirish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.