O‘zbekistonda endi yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha e’tirozlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘llash mumkin. Bu haqda portal Telegram kanali xabar qildi.

Bu uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajarish kerak:

  • my.gov.uz portaliga (yoki mobil ilovaga) kiriladi;
  • “Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” xizmatiga o‘tiladi;
  • E’tirozni asoslovchi ma’lumotlarni kiritib, “Yuborish” tugmasini bosiladi.

Mazkur xizmat hozircha sinov tariqasida ishlamoqda, 1-sentabrdan to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.