Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va boshqa qator martabali mehmonlar ishtirok etdi.

Konkord maydonida tashkil etilgan tadbirda Xusniddin Norbekov va Mohigul Hamdamova O‘zbekiston bayroqdorlari sifatida maydonga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 28-avgustdan 8-sentabrga qadar o‘tkaziladigan o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan (para yengil atletika, para taekvondo, para o‘q otish, para suzish, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para dzyudo, para pauerlifting va para velosport) jami 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan (ularning ro‘yxati bu yerda).

Fotojurnalist Husniddin Ato ochilish marosimidan olingan rasmlarni “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi.

Foto

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024

paraлимпия ўйинлари, париж-2024