Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasidan 6 nafar sportchi 2 ta sport turida ishtirokini boshlaydi. Paralimpiya qo‘mitasi sportchilarning ishtiroki taqvimini e’lon qildi.

Para suzish S13

Soat 14:00 dan so‘ng 3 nafar sportchi: Kirill Pankov, Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islam Aslanov 100 metrga batterflay usulida suzish bahslarida qatnashadi.

paraлиmпиада 2024, париж 2024, sport

29 yoshli Kirill Pankov Incheon-2014, Jakarta-2018 hamda Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan.

paraлиmпиада 2024, париж 2024, sport

Muzaffar Tursunxo‘jayev 1998-yil 16-yanvarda tug‘ilgan. U Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

paraлиmпиада 2024, париж 2024, sport

Islam Aslanov ham 29 yoshda. Sportchi Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Londonda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 50 m va 100 m masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan.

Para suzish (ayollar) S13

Erkaklar o‘rtasidagi bahslardan so‘ng ayollar o‘rtasida batterflay usulida 100 metrga suzish bahslari start oladi. Unda Shoxsanamxon Toshpo‘latova va Muslima Odilova ham ishtirok etadi.

paraлиmпиада 2024, париж 2024, sport

Shoxsanam Toshpo‘latova 1997-yil 4-mayda tug‘ilgan. Paraatlet Jahon chempioni, Rio-2016 hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan.

paraлиmпиада 2024, париж 2024, sport

26 yoshli Muslima Odilova esa Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan.

Para taekvondo

Soat 16:49 dan so‘ng para taekvondochi Ziyodaxon Isoqova (-47 kg) chorak finaldan ishtirokini boshlaydi.

paraлиmпиада 2024, париж 2024, sport

U 1998-yil 14-fevralda tug‘ilgan. Sportchi 2023-yil Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.