Yozgi Olimpiada o‘yinlarida munosib ishtirok etgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylari rag‘batlantirildi, deb xabar bermoqda idora axborot xizmati.

Jumladan, Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga Milliy gvardiyaning “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘asi topshirildi hamda ular muddatidan oldin podpolkovnik bo‘ldi.

баҳодир жалолов, миллий gvardiya, podpolkovnik, ҳасанбой дўсматов

Shuningdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichov, O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi — Rahmatjon Ro‘zioxunov hamda boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi podpolkovnik Elshod Rasulovga “Milliy gvardiya fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni berildi.

баҳодир жалолов, миллий gvardiya, podpolkovnik, ҳасанбой дўсматов

Kichik serjant Navbahor Xamidova, safdor Ziyoda Abdusattorova va Amirxan Sadikov pul mukofoti bilan taqdirlandi (summa keltirilmagan — tahr.).