Ish uchunmi yoki o‘yinmi, ko‘pchilik har kuni soatlab internetdan foydalanadi. Internetga ulanganda u yerdagi faollikni maxfiy va himoyalangan bo‘lishini istaydi. Bu kelgusi shopping rejalari uchun onlayn do‘konlarni ko‘rib chiqishdami yoki muhim hujjatlar bilan ishlayotgandami, barchasiga amal qiladi. Endi Samsung Galaxy shunday himoyani bera oladi. Foydalanuvchi qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, bular bilan internetdan xavfsizroq foydalana oladi.

Xavfsiz Wi-Fi

Samsung`ning xavfsiz Wi-Fi funksiyasi bilan har bir foydalanuvchi qulay joydan turib bexavotir ishlashi mumkin. Bu funksiya hatto xavfsiz bo‘lmagan, jamoat Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanganda ham internetga xavfsiz kirish imkonini beradi va internet trafigini shifrlash orqali to‘liq himoyani taqdim etadi. Maxfiylikni kengroq himoya qilish uchun internet trafikni ikkita alohida retranslyator orqali yo‘naltirish ham mumkin, shunda hech kim IP manzilini bila olmaydi. Bu ayniqsa jamoat joylarida masofadan ishlayotganda samara beradi.

Xavfsiz Wi-Fi`dan foydalanish uchun quyidagilar bajarilishi kerak:

  • sozlamalar, xavfsizlik va maxfiylik menyusiga o‘tish;
  • qo‘shimcha xavfsizlik sozlamalarini tanlash;
  • u yerdan “Xavfsiz Wi-Fi”ga bosish kifoya;
  • shuningdek, buni tezda amalga oshirish uchun “Xavfsiz Wi-Fi” belgisini bosh ekranga qo‘shib qo‘yish mumkin.


samsung

Sozlamalar > Xavfsizlik va maxfiylik > Qo‘shimcha xavfsizlik sozlamalari > Xavfsiz Wi-fi`ni tanlash

Galaxy bilan shaxsiy ma’lumotlar va maxfiy hujjatlar jamoat tarmoqlarining potensial tahdidlariga bardoshli bo‘lgani uchun xotirjamlik bilan masofadan turib ishlash mumkin. “Xavfsiz Wi-Fi” hatto oyiga 1024 MB gacha bepul himoyani taklif qiladi va Wi-Fi tarmog‘iga ulanganda avtomatik ravishda yoqiladi. Shuningdek, tarifini yangilamoqchi bo‘lganlar uchun qo‘shimcha tarif rejalari mavjud.

Samsung Internet

Samsung Internet foydalanuvchiga yo‘naltirilgan xavfsizlik va maxfiylik xususiyatlarini veb-brauzerga ham olib kiradi, bu sizga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilgan holda sevimli veb-saytlarni erkin kuzatish imkonini beradi. Samsung Internet bilan biz sizni va onlayn faollikni xavfsiz qilishga qaratilgan son-sanoqsiz funksiyalarni yaratdi.

Masalan, brauzer Quick Access (“Tezkor kirish”) orqali kiriladigan Privacy Dashboard (“Maxfiylik darchasi”) panelida internetdagi faoliyatni qanday himoyalash haqida to‘liq ma’lumot beriladi. Bu haftalik faollik va sozlamalarning batafsil qaydini taqdim etadi, ularni istalgan vaqtda foydalanuvchi istagan maxfiylik darajasiga moslashtira oladi. Funksiyani topish uchun brauzerni ochish, uchta nuqtaga bosish va “Maxfiylik”ni tanlash kerak.

Qo‘shimcha xavfsizlik uchun Samsung Internet “Maxfiy” rejimi bilan shaxsiy muhitni ham faollashtiradi. Bu foydalansqchining qurilmasiga kirish huquqiga ega bo‘lgan kishiga sovg‘a xarid qilishda syurprizni saqlab qolishda qo‘l keladi. Bu opsiya yordamida siz Samsung Internet`da odatdagidek veb-saytlarga kira olasiz, ammo qo‘shimcha maxfiylik va xavfsizlik bilan. “Maxfiy” rejimida siz tashrif buyurgan har qanday veb-saytlar uchun cookie fayllar va sayt tarixining barchasi “Maxfiy” rejimi yopilishi bilanoq telefondan o‘chib ketadi. Sahifalar va xatcho‘plarni saqlashingiz mumkin, biroq ular faqat maxfiy rejimda ko‘rinadi. Bu funksiyadan foydalanish uchun Samsung Internet’ga o‘ting va asosiy ekranning pastki qismidagi ochiq sahifalaringizni boshqaruvchi “Tab menejeri” belgisiga bosing. “Maxfiy rejimni yoqish” tugmasini bosish orqali maxfiy rejimni faollashtiring.

samsung

Samsung Internet > Tab menejeri belgisi > Maxfiy rejimni yoqish

Shuningdek, Samsung Internet avtomatik yoqilgan, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan Smart Anti-tracking funksiyasini ham taqdim etadi. Bu funksiya cookie fayllarni va shaxsiy ma’lumotlarni kuzatishga urinayotgan uchinchi shaxslarni bloklashga yordam beradi, shuningdek, saytlararo kuzatuvchilar maxsus usullar orqali blokni buzib o‘tishining oldini oladi. Smart Anti-tracking URL manzilini kiritishda xavfsizroq HTTPS manzilni ma’qul ko‘radi hamda foydalanuvchini ma’lumotlar omborida qayd etilgan trekerlar bilan til biriktirgan domenlardan saqlaydi. Smart Anti-tracking`dan foydalanish uchun Samsung Internet`dagi “Maxfiylik” darchasiga kirish va Smart Anti-tracking`ni bosish kerak.

Nihoyat Samsung Internet reklamani bloklash imkonini beradi. Biz foydalanuvchi veb-saytlarni ko‘rayotganda chalg‘ituvchi reklamalarni olib tashlashni istashini hisobga oldik. Samsung Internet uchinchi tomon reklama blokerlarini yuklab olish imkonini beradi. Reklamalarni bloklash uchun Samsung Internet ilovasini ochish, uch nuqtali belgini (menyu) bosish va reklama blokerlarini tanlash kerak. Bu yerda reklama blokerlarini yuklab olish uchun ba’zi ilovalar tavsiya qilinadi.

samsung

Samsung Internet > Menyu > Reklama blokerlari

Samsung Galaxy qurilmasi bilan qachon va qayerda internetga kirish kerakligi haqida o‘ylab tashvishlanishga hojat yo‘q. Samsung Galaxy hammasini o‘ylab chiqqan. Foydalanuvchi qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, onlayn faoliyati davomida o‘z himoyasini ta’minlash uchun kerakli choralarni qo‘llash mumkin.

Batafsil ma’lumot va boshqa yangiliklarni Samsung Newsroom Uzbekistan sayti orqali bilish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.