O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 18−29-avgust kunlari Sent-Luisda (AQSh) o‘tkazilgan Sinkfild kubogida 3−4-o‘rinlarni egalladi.

2024-yilgi Sinkfild kubogi — Grand Chess Tour seriyasining beshinchi va yakuniy bosqichi. 350 ming AQSh dollari miqdoridagi sovrin jamg‘armasi uchun aylanma tizimda 10 nafar grossmeyster o‘ynadi.

Turnirda Fabiano Karuana (AQSh, 2793), Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2767), Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2762), Uesli So (AQSh, 2751), Alireza Firuzja (Fransiya, 2751), Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2749), Anish Giri (Gollandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya, 2721) ishtirok etdi.

Vaqt nazorati birinchi partiyadan boshlab har biri uchun 120 daqiqa va har bir harakat uchun 30 soniyani tashkil etdi.

Nodirbek Abdusattorov 10 ta partiyadan 6 tasini durang bilan yakunlagan bo‘lsa, ikkinchi davrada Fabiano Karuanaga (partiya) imkoniyatni boy berdi.

Foto: Lennart Ootes / Grand Chess TourFoto: Lennart Ootes / Grand Chess Tour

Chess.com xabariga ko‘ra, Abdusattorov 7-raundda Nimsovich himoyasi variantida Uesli Soning (partiya) tayyorgarligini sinab ko‘rishga qaror qilgan.

Ko‘rinishidan, o‘zbekistonlik shaxmatchi raqibining tayyorgarligida bo‘shliq topa olgan: kuchsiz piyodalarga bosim o‘tkazgan va “kichik kombinatsiya” orqali moddiy ustunlikka erishgan.

“Men o‘z pozitsiyamga shubha qilmadim, lekin ushbu turnirda allaqachon juda ko‘p aql bovar qilmaydigan qutqarishlarni ko‘rdik. […] Raqibning sirg‘alib ketishini istamagandim”, — dedi o‘zbekistonlik g‘alabadan keyin.

Foto: Lennart Ootes / Grand Chess TourFoto: Lennart Ootes / Grand Chess Tour

Uchinchi raundda Karuanaga uchralgan mag‘lubiyat Abdusattorovning Sinkfild kubogida g‘alaba qozonish rejasini barbod qildi, ammo dunyoning oltinchi raqamli shaxmatchisi yettinchi va to‘qqizinchi raundlarda g‘alaba qozonib, kuchli uchlikdan joy oldi.

Abdusattorov so‘nggi turda Slavyancha himoyada oq donalarda o‘ynab, rossiyalik Yan Nepomnyashiyni (partiya) mag‘lubiyatga uchratdi. Raqib partiya tugashiga bir soatdan ortiq vaqt qolgan payt 27-harakatda taslim bo‘ldi.

Foto: Lennart Ootes / Grand Chess TourFoto: Lennart Ootes / Grand Chess Tour

6 ochko (3 g‘alaba va 7 durang) bilan Aliriza Firuzja Sinkfild kubogini qo‘lga kiritdi va 100 ming dollar ishlab oldi. Bundan tashqari, Fransiya vakili bu ko‘rsatkich bo‘yicha Magnus Karlsen bilan tenglashib, uch yil ichida ikkinchi marta Grand Chess Tour seriyasini yutdi.

alireza firuzja, grant chess tour, nodirbek abdusattorov, shaxmat, sinkfild kubogi, yan nepomnyashiy

Ikkinchi o‘rinni amerikalik Fabiano Karuana egalladi — 5,5 ball va 65 ming dollar. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni 5 ochko bilan fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav va Nodirbek Abdusattorov bo‘lishdi va har biri 40 ming dollardan mukofot oldi.

alireza firuzja, grant chess tour, nodirbek abdusattorov, shaxmat, sinkfild kubogi, yan nepomnyashiy

Grand Chess Tour 2024 musobaqasining barcha besh bosqichida o‘zbekistonlik 74,5 ming dollar, Firuzja esa 323,7 ming dollar ishlab topdi.