Siyosat

dayjest

Shavkat Mirziyoyev turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi

O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Foto.


Iqtisodiyot

dayjest

THAY bo‘ylab boshqa chorrahalarda ham yo‘l o‘tkazgichlar qurish reja qilinmoqda — Avtoyo‘l rahbari

Prezident poytaxtning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rarkan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham shunday yo‘l o‘tkazgichlar qurishni buyurdi, deya ma’lum qildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunov.


dayjest

Rossiya O‘zbekistonga gazni “mumkin qadar maksimal” yetkazib bermoqda — “Gazprom” rahbari

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi O‘zbekistonga gazni “texnik jihatdan mumkin qadar maksimal darajada” yetkazib bermoqda. “Qishdagi darajada. O‘tgan qishda, O‘zbekistonda anomal kuchli sovuq bo‘lganida, biz u yerni gaz bilan ta’minlagan darajada”, — dedi kompaniya rahbari Aleksey Miller.


dayjest

To‘palang daryosi bo‘yida “Zarchob-1A” kichik GESi ishga tushdi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Zarchob-1A” kichik GESi foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati — 3,3 mln dollar. Stansiya yiliga 13 mln kVt soat elektr ishlab chiqaradi va 4750 ta xonadonni ta’minlaydi.


Jamiyat

dayjest

“Sharq taronalari” festivali g‘oliblari aniqlandi. Fotoreportaj

Samarqandda yakunlangan “Sharq taronalari” festivalining Gran-prisini Ozarbayjonning “Semurg” jamoasi qo‘lga kiritdi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi. Oltita davlat ijodkorlari esa turli o‘rinlarga loyiq ko‘rildi. Tadbir yakuni — “Gazeta.uz” fotoreportajida.


dayjest

Diyora Keldiyorova — stereotiplar, ko‘ylak kiymagani uchun tanqid va qaynonasining qo‘llovi haqida

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Parda podcast loyihasiga bergan intervyusida ayol sportchi bo‘lish qiyinchiliklari, jamiyatdagi stereotiplar va shaxsiy chegara haqida gapirdi. U, shuningdek, o‘zining qizlik va kelinlik oilasidan birdek qo‘llab-quvvatlov olganini ta’kidladi.


dayjest

O‘zbekistonda bayram kunlari havo salqin bo‘ladi

Avgust oxiri va bayram kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. 1-sentabrdan harorat foni pasayib, kunduzi +28…+31, kechasi +13…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Bu kunlarda havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda.


dayjest

Diyora Keldiyorova katta leytenant bo‘ldi, Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipova esa — leytenant

Mudofaa vaziri Parij Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan dzyudochi Diyora Keldiyorovani “katta leytenant”, taekvondochilar Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovani esa “leytenant” unvonlari bilan taqdirladi. Qizlarga, shuningdek, “To‘maris” ko‘krak nishoni ham berildi.


dayjest

2025-yil yakunigacha maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va DTS takomillashtiriladi — vazirlik

O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi.


dayjest

Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi (foto)

Parkent tumanidagi yo‘l qurilishi davomida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi. Qolaversa, bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda muhr chiqdi. Hozirda ular laboratoriyaga yuborilgan va hududda arxeologik qazishma ishlari davom etmoqda.


dayjest

Toshkentda bayram kunlari metro va avtobuslarning harakatlanish jadvali tasdiqlandi

Toshkent shahrida avtobuslar bayram kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. Metro esa 31-avgust va 1-sentabr kunlari odatiy ish kunlari uchun belgilangan, 2 va 3-sentabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.


dayjest

Toshkentdagi metro yaqinida joylashgan OTMlarda darslarning boshlanish vaqtlari e’lon qilindi

Toshkent shahridagi metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi. Grafik metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida darslarga yetib borishi uchun qulaylik yaratish maqsadida tuzilgan.


dayjest

Aktyor va boshlovchi Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. U Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyati va brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda mamlakat salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalarni chop etishga ko‘maklashadi.


dayjest

Farg‘onada xonadonlarning issiqlik ta’minotidan asossiz hisoblangan qarzdorliklari bekor qilindi

Farg‘onada 6 mingdan ortiq xonadonga issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlari natijasida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan mablag‘lar bekor qilindi.


dayjest

Farg‘onada Spark simyog‘ochga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Farg‘ona shahrida Spark haydovchisi keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urildi. Oqibatda 4 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 2 nafari vafot etdi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (31-avgust-3-sentabr)

Beshta kinopremyera, bog‘lardagi bayramona-ko‘ngilochar dasturlar, Anhor Sup Fest 2024, yarmarkalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Hududlardagi dorixonalarda dorilar narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi hududlarda dori vositalarining belgilangan referent narxlaridan oshirib sotilgan holatlarni aniqladi. Dorixonalar salkam 50 mingta holatda iste’molchilardan 5,4 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad olgan. Pullar fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.


dayjest

O‘zbekiston ovozi ko‘chasi: Hamma talpinadigan joyga aylantiriladigan hozircha “egasiz hudud”

Toshkent markazidagi, bir zamonlar Bog‘ ko‘chasi hisoblangan O‘zbekiston ovozi ko‘chasi avtomobillar harakatini kamaytirish, piyodalar uchun qulaylashtirish maqsadida rekonstruksiya qilinadi. Loyihaga “Tashkent Invest” Bolalar kutubxonasi rekonstruksiyasida qatnashgan Ludi_Architects byurosini jalb etdi.


dayjest

Maktab ta’limi vazirligi — 1 ta maktab qurilishi qanchaga tushishi, qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni bo‘yicha rejalar haqida

Maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mamlakatda qo‘shimcha maktablar qurilishi prioritetdaligini ta’kidladi. Rejaga ko‘ra, bu yil 180 mingdan ziyod o‘quvchi o‘rni uchun maktab qurib bitkaziladi. Bu uchun 11 taga yaqin loyiha bor. Shuningdek, vazirlik bitta yangi maktab qurilishiga qancha mablag‘ ketishini ochiqladi.


dayjest

Mustaqillik bayrami arafasida 522 nafar mahbus, jumladan, 19 nafar xorijlik afv etildi

Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 522 nafar shaxs afv etildi. Ularning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari shartli ozod qilindi. Afv etilganlar orasida 19 nafar chet el fuqarosi, 27 nafar taqiqlangan tashkilotlardagi shaxslar mavjud.


dayjest

Toshkentning qayerlarida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tomoshalar bo‘lib o‘tadi?

Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar Mustaqillik bayrami munosabati bilan sayillar va bayram tomoshalari o‘tkaziladi. Bog‘lar ro‘yxati.


dayjest

O‘zbekistonda “yashil” shaharlar reytingi paydo bo‘ldi. Toshkent — reytingning quyi qismida

Iqlim o‘zgarishi milliy markazi O‘zbekiston shaharlarining “yashil” reytingini taqdim etdi. Mamlakat shaharlari ekologik tozalik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi va natijalar Green Cities platformasiga kiritiladi. 14 ta ma’muriy markaz orasida Namangan yetakchilikni qo‘lga kiritdi, Toshkent 12-o‘rinni egalladi.


Madaniyat

dayjest

Navoiyda 150 o‘rinli yangi o‘tov oromgohi foydalanishga topshirildi

Konimex tumanida O‘zbekistondagi ilk safari turizm klasteri ko‘rinishidagi o‘tov oromgohi ochildi. Unda sig‘imi 150 o‘ringa mo‘ljallangan 30 ta o‘tov mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 500 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatishi mumkin.


dayjest

Chinni paxtaning vatani. Paxtagulli idishlar qayerda va qanday tayyorlanadi?

“Paxtagul” — o‘zbek idishlarining eng taniqli brendi bo‘lib, asli Toshkentda paydo bo‘lgan. Chinni servizlarda ochilgan paxta chanoqlari, 70 yilki, dasturxonlarni bezaydi. Paxta naqshi “tug‘ilishi”, ommalashuvi va qanday tayyorlanishi tarixi — “Gazeta.uz” materialida.


Sport

dayjest

Boks bo‘yicha O‘zbekiston bosh murabbiyi — yurak xuruji, tayvanlik bokschi va mukofot pullari haqida (video)

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Parij Olimpiadasida yurak xurujiga uchragani va ingliz shifokorlar unga yordam bergani haqida gapirdi. U tayvanlik bokschi va sportchilarga beriladigan mukofot pullari haqida ham fikr bildirdi.


dayjest

Paralimpiya o‘yinlarining 2-kunida O‘zbekistondan 19 sportchi qatnashadi

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunidan so‘ng O‘zbekiston 2 ta medal bilan 18-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi kunda esa mamlakatdan 19 nafar vakil sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirokini boshlaydi. Sportchilar ro‘yxati va o‘yinlar taqvimi.


dayjest

Taekvondochi Ziyodaxon Isoqova — Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi

O‘zbekistonlik parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova Parij Paralimpiadasi finalida perulik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga ega chiqdi.


dayjest

Parij-2024: Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida Paralimpiya rekordini o‘rnatdi (video)

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida 5,22 metrga sakrab, musobaqa rekordini yangiladi. Bundan avvalgi rekord natija 5,07 metr edi.


dayjest

Parasuzuvchi Muslima Odilova Paralimpiya o‘yinlarida bronza medal sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik parasuzuvchi Muslima Odilova Parij Paralimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U faoliyatida ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilmoqda. Uning medali O‘zbekiston delegatsiyasi uchun turnirdagi birinchisi bo‘ldi.


dayjest

Parij-2024: Paralimpiyachi Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yengil atletikachi Asila Mirzayorova O‘zbekiston hisobiga ilk oltin medalni taqdim etdi. U o‘z chiqishi davomida 28 yillik turnir rekordini yangiladi.


dayjest

Kubaro Hakimova Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Kubaro Hakimova para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal oldi. U yadroni 10,36 metrga uloqtirib, ikkinchi o‘rinni egalladi.


Jahon

dayjest

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun bo‘yicha da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga qarshi da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi. Da’vogarlar Gruziya prezidenti, nodavlat tashkilotlar, muxolifat deputatlari va mediatashkilotlar hisoblanadi.


dayjest

Isroil va HAMAS G‘azoda bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash uchun vaqtinchalik sulh tuzdi

Isroil va HAMAS gumanitar tashkilotlar bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashlari uchun G‘azodagi jangovar harakatlarda uch kunlik tanaffusga kelishdi. Avvalroq JSST anklavda 25 yil ichida birinchi kasallanish holatini tasdiqlagan edi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!