Hududlarda dori vositalariga belgilangan referent narxlarni oshirish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, respublikada faoliyat yuritayotgan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan dori vositalarining narxlari bo‘yicha o‘rganishlar olib borilgan. Ularda belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llanish holatlarini aniqlangan.

Qo‘mitaning Fair tech yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan. Xususan quyidagi holatlarda fuqarolardan dorilar narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olingan:

  • Toshkent viloyatida 111 ta dorixonada 1838 ta holatda 39 mln so‘m miqdorda;
  • Toshkent shahrida 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 mlrd 911 mln so‘m miqdorda;
  • Jizzax viloyatida 62 ta dorixonada 7005 ta holatda 743,7 mln so‘m miqdorda;
  • Namangan viloyatida 44 ta dorixonada 7544 ta holatda 1 mlrd 14,5 mln so‘m miqdorda;
  • Navoiy viloyatida 32 ta dorixonada 1492 ta holatda 134,9 mln so‘m miqdorda;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 ta dorixonada 1391 ta holatda 71,8 mln so‘m miqdorda;
  • Sirdaryo viloyatida 24 ta dorixonada 1587 ta holatda 20 mln so‘m miqdorda;
  • Farg‘ona viloyatida 23 ta dorixonada 539 ta holatda 93,2 mln so‘m miqdorda;
  • Andijon viloyatida 20 ta dorixonada 6352 ta holatda 312,8 mln so‘m miqdorda;
  • Buxoro viloyatida 17 ta dorixonada 1866 ta holatda 71,8 mln so‘m miqdorda;
  • Qashqadaryo viloyatida 18 ta dorixonada 1378 ta holatda 18,8 mln so‘m miqdorda;
  • Samarqand viloyatida 9 ta dorixonada 30 ta holatda 36,6 mln so‘m miqdorda;
  • Surxondaryo viloyatida 7 ta dorixonada 1048 ta holatda 914 mln so‘m miqdorda;
  • Xorazm viloyatida 5 ta dorixonada 119 ta holatda 10 mln so‘m miqdorda.

O‘rganishlar natijasida 49 455 ta holatda 5,4 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad olingani aniqlangan.

Mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan va ularning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.