Kubaro Hakimova Paralimpiya o‘yinlarining yadro uloqtirish bahslarida kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchi para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha bahslar yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda startga chiqqan Kubaro Hakimova 10,36 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va navbatdagi kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi. Olti medalni tunislik sportchi Tlili Raoua 10,40 metr natija bilan oldi.

Ushbu yo‘nalishda qatnashgan yana bir sportchimiz Madina Muxtorova 8,10 metr natija qayd etdi va kuchli sakkizlikdan joy oldi.

Kubaro Hakimova 2002-yil 31-yanvarda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Sardor Abduxoliqov.